Sayt test holatida ishlamoqda!
22 May, 2025   |   24 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:20
Quyosh
04:58
Peshin
12:25
Asr
17:28
Shom
19:45
Xufton
21:16
Bismillah
22 May, 2025, 24 Zulqa`da, 1446

Istiqlol sharofati

31.08.2018   4925   2 min.
Istiqlol sharofati

Bugun biz asrlar davomida orziqib kutilgan ozod, erkin va farovon hayotda o‘z oldimizga qo‘ygan ezgu maqsadlar sari qadam qo‘yib, tinch-osoyishta hayot kechiryapmiz. Erishayotgan  yutuqlarimiz bisyor. Bu yutuqlarimizni nafaqat xalqimiz, balki butun dunyo hamjamiyati tan olyapti. Xalqimiz to‘q, ibodatlarimiz emin-erkin ado etilmoqda, bularning zamirida, albatta, tinchlik-osoyishtalik va istiqlol ne’mati yotibdi. Bularning barchasining qadriga yetish har birimizning gardanimizdagi burchimiz hisoblanadi. Mamlakatimizda  ikki mingdan ortiq masjidlar xalqimizga xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Ularning hammasi zamon talablariga javob beradi. Har yili yetti mingdan ziyod yurtdoshlarimiz haj ibodatini va o‘n mingdan ziyod yurtdoshlarimiz umra ibodatlarini ado qilish baxtiga muyassar bo‘lmoqdalar. Imom Buxoriy nomli Toshkent islom instituti va Mir Arab oliy madrasasi hamda to‘qqizta o‘rta maxsus islom bilim yurtlari o‘z faoliyatini olib bormoqda va yurtimizga chuqur diniy va dunyoviy ilmlarni egallagan mutaxassislarni yetishtirib chiqarmoqda.

Hozirgi kunda O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi ta’lim muassasalarida  Qur’oni karim, tafsir, hadis, fiqh, aqoid, sarf, nahv, mutolaa kabi diniy ilmlar bilan bir qatorda o‘zbek tili va adabiyoti, tarix, jo‘g‘rofiya, ingliz tili, fizika, matematika, astronomiya, informa­tika kabi davlat ta’lim standartlariga mos bo‘lgan fanlar o‘qitiladi. Ta’lim muassasalarida oliy ma’lumotli mudarris va o‘qituvchilar dars berib kelmoqdalar.

Shuningdek, so‘nggi yillarda mamlakatimizda tashkil etilgan Islom sivilizatsiyasi markazi, Islom akademiyasi, Mir Arab oliy madrasasi, Imom Buxoriy va Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari boy ilmiy-tarixiy merosimizni o‘rganish va targ‘ib qilishga xizmat qilmoqda. 

Albatta, quvonch bilan aytishimiz mumkinki, diniy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan yoshlarga yaratilayotgan bunday shart-sharoitlar kelajakda jamiyatimiz uchun zarur mutaxassis-xodimlar tayyorlashda poydevor bo‘lib xizmat qiladi.

Alloh taolo barchamizni ne’matlari qadriga yetuvchi va o‘z Vatani, oilasi va farzandlariga sadoqatlilardan qilsin!

 

O.Hoshimov,

 “Ko‘kaldosh” o‘rta maxsus islom bilim yurti mudarrisi                                                                      

 

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Mushkuli borning duosi

21.05.2025   6646   1 min.
Mushkuli borning duosi

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Mushkuli borning duosi budir: "Allohumma, rohmataka arju va laa takilniy ila nafsiy torfata ’ayn va aslih liy shaniy kullah. Laa ilaha illa anta", dedilar» (Imom Abu Dovud rivoyati).

Ma’nosi: "Allohim, rahmatingdan umidvorman. Meni ko‘z ochib-yumguncha ham o‘z holimga tashlab qo‘yma. Barcha ishlarimni O‘zing o‘ngla. Sendan o‘zga iloh yo‘q".