Quvlashib o‘tayotgan kunlarimiz bizni borgan sari Istiqlolimizning 27 yillik tantanasiga yaqinlashtirmoqda. Bugun respublikamizning barcha qishloq va shaharlarida ushbu ulug‘ ayyomga munosib tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Turli xayriya tadbirlari o‘tkazilib, kam ta’minlangan va yordamga muhtoj oilalarga sovg‘a-salom va moddiy yordamlar ulashilmoqda. Yangi qurilgan turar joylar, turli ijtimoiy binolar va boshqa qurilish obyektlari bayram oldidan foydalanuvchilarga topshirishga tayyorlanmoqda. Barcha idora va tashkilotlarda, maktablarda va mahallalarda bayram munosabati bilan ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari nihoyasiga yetkazilmoqda.
Dono xalqimiz azaldan bayramlar oldidan hashar o‘tkazishni o‘ziga odat qilib kelgan. Bu ulkan ish ortida hamkorlik, hamjihatlik, o‘zaro yordam va eng asosiysi ezgulik yotadi.
Yurtimiz bo‘ylab amalga oshirilgan ulkan hasharda Urganch shahar Imom Faxriddin ar-Roziy o‘rta maxsus islom bilim yurti jamoasi ham munosib ishtirok etib, yurtimiz obodonchiligiga o‘z hissalarini qo‘shdilar. Hasharda 20 nafar talaba, 20 nafar ishchi-xodimlar ishtirok etib, bilim yurti ichki va tashqi xududlarini tozalash bilan birga, bilim yurtiga yaqin xududlar: Urganch tuman “Shahidlar bobo”, “Hazrati Shahobiddin bobo” masjid va qabristonlari, Urganch shahar “Oxun bobo”, “Ko‘zli ota” masjidlaridagi tozalash va obodonlashtirish ishlariga ko‘maklashdilar.
Hasharda bilim yurti oldidan oqib o‘tuvchi zaxkashning ikki tarafi tozalanib, bilim yurti hovlisidagi 50 dan ziyod mevali va manzarali daraxtlarga shakl berilib, oqlandi, oshxona, tahoratxona, yotoqxona, o‘quv xonalari tozalanib, yangi o‘quv yiliga tayyorlandi.
O.Odilov
O‘MI matbuot xizmati
Shu yilning 9 yanvar kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakili viloyat bosh imom-xatibi Jobir domla Elov rahbarligida Vobkent tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan masjidlar imom-xatib, imom-noib, mahalla domlalari va nuroniy otaxonlar ishtirokida sayyor yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Sayyor yig‘ilish davomida barcha imom-xatib va imom-noiblar o‘zlariga biriktirilgan MFYlar bilan muntazam aloqada bo‘lib, yoshlar tarbiyasiga katta e’tibor qaratishi, ilm-ma’rifatga qiziqtirish va yosh avlod kelajagi uchun mustahkam poydevor yaratish kabilarni alohida ta’kidlandi. Shundan so‘ng barcha imom-xatiblar mahalla nuroniylari bilan o‘zlariga biriktirilgan mahallalarga chiqishdi.
Shu kunning o‘zida sayyor qabul ishtirokchilari 50 dan oshiq xonadon holidan xabar oldi. Jumladan, Ko‘liodina mahallasida yashovchi yuz yoshni qarshilagan mehnat faxriylarini ziyorat qildi. So‘ngra shu mahallada istiqomat qiluvchi birinchi guruh nogironlari, moddiy ko‘makka muxtojlar, ijtimoiy ko‘makka muhtojlarning xonadonlaridan xabar olinib, ma’naviy-ma’rifiy suhbatlar uyushtirildi va homiylar ishtirokida moddiy jihatdan ko‘maklar berildi.
Shuningdek, Viloyat bosh imomi rahbarligida hamda Vobkent tumanidagi imom-xatiblar ishtirokida 2024 yil zamonaviy loyihalar asosida qurilgan 120 o‘rinli 12-maktabgacha ta’limda vatanimiz kelajagi bo‘lmish jajji bolalar bilan uchrashib, ularga xursandchilik ulashildi.
Kunning ikkinchi qismida viloyat bosh imom-xatibi Jobir domla Elov tumandagi Abdulazizxon jome masjidida peshin namozida bo‘lib, yig‘ilgan jamoatga "Shukronalik", "Sof islom ta’limoti", "Tinchlik ne’mati" mavzularida ma’viza qildi va keng jamoat ishtirokida yurtimiz haqqiga duoi xayrlar so‘raldi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Buxoro viloyati vakilligi
Matbuot xizmati