29 avgust kuni Shimoliy Qozog‘iston viloyatining ma’muriy markazi hisoblanuvchi Petropavlovsk shahrida yangi masjid foydalanishga topshirildi. Bu haqda Qozog‘iston musulmonlari idorasiga tayanib Azan internet nashri xabar bermoqda.
Masjidning ochilish marosimida Qozog‘iston muftiysi Serikbay O‘raz, viloyat hokimi Kumar Aqsaqalov hamda Qozog‘iston parlamenti deputatlari ishtirok etgan.
Shaharning shimoliy qismida joylashgan yangi masjidda bir paytning o‘zida 500 kishi namoz o‘qiy oladi. Binoning umumiy maydoni 2793 metr kvadratdan iborat bo‘lib, har birining balandligi 42 metrga teng to‘rtta minorasi bor.
O‘MI matbuot xizmati
00:00 Anons
00:48 Fuqarolar murojaati e’tibor markazida
01:11 Qur’on va tajvid markaziga tashrif
01:44 Qo‘shko‘pirdagi "Islom bobo" masjidi foydalanishga topshirildi
02:28 Xayru saxovat – qalblarga quvonch ulashadi
02:42 Ziyoratchilarimiz Payg‘ambar alayhissalom shaharlarida
02:58 Imkoniyati cheklanganlar uchun navbatdagi ma’rifiy suhbat
03:24 To‘raqo‘rg‘on tumanida amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilindi
04:01 Otinoyilar ishtirokida tanlov o‘tkazildi
04:22 Qishki ta’til davrida o‘tkazilgan malaka oshirish o‘quv seminari nihoyasiga yetdi
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati