Misrlik ayolga Haj ziyoratini amalga oshirishidan avval buyrak yetishmovchiligi bilan bog‘liq kasallik aniqlangani sabab yaqin kunlarda vafot etishi aytilgan edi.
Umrining so‘nggi daqiqalarini Makkaga borish va Haj ziyoratini amalga oshirish bilan o‘tkazish niyatida Saudiya Arabistoni podshohi tomonidan taqdim etilgan kvotaga loyiq topildi.
47 yoshli misrlik ayol og‘ir kasal bo‘lishiga qaramasdan podshoh mehmonlari sifatida Makkaga tashrif buyurdi va shu yerning o‘zida zarur tibbiy yordam ko‘rsatildi.
Sabiha Mahmud Muhammad Misr mudofaa vazirligi ko‘magida Haj ibodatlarini to‘liq ado etgan holda o‘z yurtiga qaytdi.
O‘MI Matbuot xizmati
Hijri Ismoil — Ka’ba yaqinida joylashgan yarim oy shaklidagi hudud. Hijri Ismoil “Ismoil toshi” degan ma’noni anglatadi. Aynan shu yerda Ibrohim alayhissalom rafiqalari Hojar va o‘g‘li Ismoilni qoldirganlar. Hijri Ismoil Xatim ham deb nomlanadi. Xatim deb nomlanishiga sabab u Ka’badan sindirib, ya’ni ajratib olingandir.
Hijri Ismoil haqida qiziqarli ma’lumotlar
Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. «Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan xatim haqida so‘rab: «U Ka’badanmi?» desam, u zot: «Ha», dedilar. Men: «Unda nima uchun Ka’baga qo‘shib yuborishmagan?» desam, u zot: «Qavmingning, ya’ni Qurayshning mablag‘i yetmay qolgan…», dedilar» (Imom Buxoriy rivoyati).
Po‘latxon Kattayev,
TII Hadis va Islom tarixi fanlari kafedrasi katta o‘qituvchisi.