Avvalroq, qo‘shni Qozog‘istondan uch mingdan ziyod ziyoratchilar Saudiya Arabistoniga yo‘l olgani haqida xabar bergan edik.
Shu kunlarda Haj ibodatini ado etgan qozog‘istonliklar mamnuniyat bilan o‘z vatanlariga qaytayotganliklari ma’lum qilindi. Dastlabki guruh ziyoratchilar charter reys orqali Ostona shahriga yetib keldilar.
Muslim.kz saytining ma’lumotiga ko‘ra, Qozog‘iston musulmonlari diniy idorasi tashabbusi bilan tashkil etilgan to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar qozog‘istonlik ziyoratchilarga yengillik yaratgan.
Ziyoratchilar Ka’ba atrofida tavof qilganlari, Arafot vodiysida ibodat qilganliklari, Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.)ning shahri Madinani ziyorat qilganliklarini so‘zlab berishdi.
O‘MI Matbuot xizmati