Sayt test holatida ishlamoqda!
12 Mart, 2025   |   12 Ramazon, 1446

Toshkent shahri
Tong
05:22
Quyosh
06:40
Peshin
12:38
Asr
16:40
Shom
18:29
Xufton
19:42
Bismillah
12 Mart, 2025, 12 Ramazon, 1446

Do‘zaxdan qutqaradigan va jannatga kiritadigan ikki amal

26.08.2018   4705   2 min.
Do‘zaxdan qutqaradigan va jannatga kiritadigan ikki amal

Abdulloh ibn Amr ibn Oss roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. “Rosululloh sollallohu alayhi vasallam: Kimni do‘zaxdan uzoqlashishi va jannatga kirishi xursand qilsa, vafot etadigan paytda Allohga va oxirat kuniga iymon keltirib vafot etsin. Hamda o‘ziga qilinishni mahbub ko‘rgan muomalani o‘ziga ham, boshqalarga ham ravo ko‘rsin”, dedilar (Imom Muslim rivoyati).

Do‘zaxdan uzoqlashishni  va jannatga kirishni istamaydigan  musulmon yo‘q bo‘lsa kerak olamda. Do‘zax haqida eshitgan inson borki, undan panoh tilaydi, o‘z nafsini undan qutqarish uchun harakat qiladi. Jannat haqida bilgan kishi esa, unga tezroq yetishish ilinjida, undagi rohat va mukofotlarga erishish niyatida jiddu-jahd qiladi.

Bu hadisi sharif esa aynan shunday kishilarga dasturulamal va orzuga erishish uchun yo‘llanmadir. Ushbu yo‘llanmani yozib bergan zot esa eng ishonchli, eng rostgo‘y inson Muhammad sollallohu alayhi vasallamdir. Yo‘llanmada esa sodda va tushunarli qilib ikki sabab ko‘rsatilgan:

1) Allohga va oxirat kuniga iymon keltirgan holda, qatiy ishonch va ushbu ishonch isboti yo‘lida qilingan solih amallar qurshovida vafot etish;

2) O‘zgalar tarafidan o‘ziga qanday muomala qilinishini yaxshi ko‘rsa, o‘zi ham o‘zgalarga shunday muomala qilish. Demak, o‘zingga nisbatan:

- Aldashlarini yoqtirmaysanmi? Sen ham aldama!

- Xiyonatni yomon ko‘rasanmi? Xiyonat qilma!

- Zulm qilinishidan qo‘rqasanmi? Zulm qilma!

- G‘iybatni yomon ko‘rasanmi? G‘iybat qilma!

- Yordam berilishini istaysanmi? Yordam ber!

- Kechirilishni yaxshi ko‘rasanmi? Sen ham kechir!

- Ayb va nuqsonlaringni berkitilishini istaysanmi? O‘zgalar aybini yop.

- Senga infoq qilinishini xush ko‘rasanmi? Sahiy bo‘l!

- Hurmat qilinishni yaxshi ko‘rasanmi? Hurmat qil!

- Xizmat qilinishni istaysanmi? Xizmat qil!

Xullas, o‘z nafsing uchun nimani yaxshi ko‘rsang, o‘zgalarga ham ravo ko‘r. Va o‘z nafsing uchun yoqtirmagan narsalaringni boshqalar uchun ham ravo ko‘rma. Shundagina iymoning komil bo‘ladi. Shundagina jahannamdan uzoqlashib, jannatga erishasan. Yagona yo‘l shudir. Boshqa yo‘l izlab halok bo‘lma.

Yorbek ISLOMOV,

Olmazor tumanidagi “Mevazor” masjidi imom noibi

 

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Iftorlik dasturxoni yozilib, qalblarga quvonch ulashildi

12.03.2025   936   1 min.
Iftorlik dasturxoni yozilib, qalblarga quvonch ulashildi

Muborak Ramazon kunlarida ehtiyojmand insonlarga yordam berish, ularni xursand etish Islom dinida buyuk fazilat sanaladi. Shu munosabat bilan Farg‘ona shahrida kam ta’minlangan, yordamga muhtoj insonlar uchun iftorlik dasturxoni yozildi.

Mehribonlik va saxovat muhiti hukm surgan tadbirda Farg‘ona viloyati bosh imom-xatibi Ubaydulloh domla Abdullayev ham ishtirok etib, yig‘ilganlarni muborak oy bilan tabrikladi.


Ramazon – saxovat, birdamlik va bag‘rikenglik oyi ekani, bu oyda mo‘min-musulmonlar ibodatlarini ziyoda qilib, mustahkam birodarlik va bag‘rikenglik bilan yashashga da’vat etilgani, muhtojlarni qo‘llab-quvvatlash inson uchun ikki dunyo saodatiga eltadigan fazilat ekani ta’kidlandi.


Tadbir davomida mehmonlarga taom tortilib, duolar qilindi va xayrli amallarga targ‘ib etildi. Tadbir ishtirokchilari xayriya iftorligi tashkilotchilariga va saxovatli insonlarga o‘z minnatdorliklarini izhor qildilar. Mana shunday xayrli tadbirlar orqali yurtimizda mehr-muruvvat, o‘zaro qo‘llab-quvvatlash fazilatlari yanada mustahkamlanishi qayd etildi. 

Farg‘ona viloyati vakilligi

Matbuot xizmati

Iftorlik dasturxoni yozilib, qalblarga quvonch ulashildi Iftorlik dasturxoni yozilib, qalblarga quvonch ulashildi Iftorlik dasturxoni yozilib, qalblarga quvonch ulashildi Iftorlik dasturxoni yozilib, qalblarga quvonch ulashildi Iftorlik dasturxoni yozilib, qalblarga quvonch ulashildi Iftorlik dasturxoni yozilib, qalblarga quvonch ulashildi
O'zbekiston yangiliklari