Sayt test holatida ishlamoqda!
11 Yanvar, 2025   |   11 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:24
Quyosh
07:48
Peshin
12:36
Asr
15:33
Shom
17:17
Xufton
18:36
Bismillah
11 Yanvar, 2025, 11 Rajab, 1446

Xazrati imom majmuasidagi Qurbon hayiti namozidan fotolavhalar

21.08.2018   3483   1 min.
Xazrati imom majmuasidagi Qurbon hayiti namozidan fotolavhalar

Bugun islom olamida katta bayram! Subhisodiqdan, yulduzlar samoni tark etmay turib O‘zbekiston bo‘ylab barcha jome masjidlari tomon Qurbon hayiti namozini ado etish uchun samimiy va ezgu niyatlar ila yoshu qara qadam bosib keldi. Yig‘ilganlarning yuzida tabassum, iliqlik va shukronalik kayfiyati ufurib turibi. Minbarda imom-domlalar amru ma’ruf hamda duolar qilishib, Yaratgandan  el-yurt haqqiga tinchlik, sog‘lik, farovonlik va yuksak taraqqiyot so‘rashmoqda! Xazrati imom majmuasida ham mana shunday go‘zal manzaraning guvohi bo‘lishingiz mumkin! Namozdan so‘ng bir-birlarini quchib muborakbod etayotgan tanishu-notanishlarning ko‘tarinki kayfiyatlarini ko‘rib tilingizdan bexos bunday ulug‘, tinch va osuda bayramlar uchun shukrona kalimalari keltirilsa neajab!

O‘MI matbuot xizmati 

 

Fotolavhalar
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Qilmishlari sababli musibatlar yetar

10.01.2025   2014   1 min.
Qilmishlari sababli musibatlar yetar

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.

Alloh taolo aytadi: «Kufr keltirganlarga, to Allohning va’dasi kelgunicha, qilmishlari sababli mudom larzaga soluvchi musibatlar yetar yoki ularning diyorlari yaqiniga tushib turar. Albatta, Alloh va’daga xilof qilmas» (Ra’d surasi, 31 - oyat).

Sharh: «Kufr keltirganlarga, to Allohning va’dasi kelgunicha, qilmishlari sababli mudom larzaga soluvchi musibatlar yetar...».

Ya’ni, Allohning va’dasi  - qiyomat kelguncha ularning es-hushini joyiga keltiruvchi musibatlar boshlariga tushib turadi. Bu musibatlar ularning qilgan ishlari tufayli tushadi.

«...yoki ularning diyorlari yaqiniga tushib turar».

Yoki o‘sha mazkur es-hushni joyiga keltiruvchi musibatlar dunyoning boshqa joylariga tushadi. O‘sha kofir va osiy bandalar yashayotgan diyorlarga yaqin joylarga tushadi. Toki ular o‘sha musibatlarni ko‘rib, va’z-nasihat olib, o‘zlariga kelsinlar va iymon keltirsinlar. 

«Tafsiri Hilol» kitobidan

Maqolalar