frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null

“Bo‘rijar” jome masjidiga yangi imom-xatib tayinlandi

08.08.2018   7135   1 min.
“Bo‘rijar” jome masjidiga yangi imom-xatib tayinlandi

Bugun Toshkent shahridagi “Bo‘rijar” (“Ilonlik ota” mahallasi) jome masjidiga yangi imom-xatib tayinlandi. Asr namozidan so‘ng O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Ibrohim domla Inomov jamoatga Alixonov Mirzatillo Abdullajon o‘g‘lini “Bo‘rijar” jome masjidi imom-xatibi etib tayinlash to‘g‘risidagi O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining buyrug‘ini o‘qib eshittirdi.

Alixonov Mirzatillo Abdullajon o‘g‘li bungacha Toshkent shahar “Tepa” jome masjidi imom noibi vazifasida faoliyat yuritgan hamda qo‘shimcha ravishda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Kotibiyat bo‘limida xizmat qilib keladi.

Ustozlar yosh, iqtidorli imom-xatibning kelgusidagi faoliyatiga Alloh taolodan muvaffaqiyatlar so‘rab, dinimizga, xalqimizga sadoqat bilan faol xizmat qilishlarini tilab duolar qildilar.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda Shayxontohur tumani bosh imom-xatibi va “Shayx Zayniddin” jome masjidi imom-xatibi vazifasiga tayinlangan Abdukarimov Husniddin Chilonzor tumani bosh imom-xatibi va “Bo‘rijar” jome masjidi imom-xatibi vazifalarida faoliyat yuritgan edi.

 

O‘MI Matbuot xizmati

 

 

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Prezident 35 yillik mustaqillik arafasida 852 nafar mahkumni afv etdi

27.08.2026   12749   1 min.
Prezident 35 yillik mustaqillik arafasida 852 nafar mahkumni afv etdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan 852 nafar jazo o‘tayotgan shaxsni afv etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Afv etilganlar orasida 7 nafar xorij fuqarosi, 375 nafar yoshlar, 49 nafar ayol va 60 yoshdan oshgan 37 nafar erkak bor, xabar bermoqda Batafsil.uz.
Afv etilgan 852 nafar shaxsdan 604 nafari jazoni to‘liq o‘tashdan ozod qilinadi. Yana 115 nafar shaxs jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod etiladi.
52 nafar mahkumga tayinlangan jazo yengilroq jazo turiga almashtiriladi. 81 nafar shaxsning ozodlikdan mahrum qilish jazosi muddati esa qisqartiriladi.
Afv etilganlar orasida taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida ishtirok etgan 63 nafar shaxs ham bor.
Prezident farmonida afv etishga asos sifatida mahkumlarning qilmishiga pushaymonligi va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgani ko‘rsatilgan.
"O‘zbekiston 24" telekanali ma’lumotiga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyev 2017 yildan buyon 31 ta afv etish to‘g‘risidagi hujjatni imzolagan. Ushbu hujjatlar jami 10 567 nafar jazo o‘tayotgan shaxsni qamrab olgan.
Xususan, Prezident Navro‘z va Ramazon hayiti arafasida ham 392 nafar mahkumni afv etgandi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari