Alloh taolo Qur’oni Karimda shunday degan:
وَالْأَرْضَ بَعْدَ ذَلِكَ دَحَاهَا
“Va undan so‘ng yerni tuxum shaklida qildi” (Naaziat surasi, 30-oyat).
“Tuxum shaklida qildi” deb tarjima qilingan fe’l oyatda دَحَا (daha) ko‘rinishida kelgan. Bu so‘z “tuyaqush tuxumi shaklida” ma’nosini anglatadi.
Tuyaqush yiliga 30 tadan 50 tagacha tuxum tug‘adi. Tuxumining vazni 1 yarim kilogramgacha yetadi.
Yer shari aynan tuyaqush tuxumi ko‘rinishidadir. Tovuq tuxumi ko‘rinishida emas.
Bundan 14 asr oldin, o‘qish-yozishni o‘rganmagan Muhammad sollallohu alayhi vasallam Yerning tuyaqush tuxumi shaklida biroz cho‘zinchoq ko‘rinishda (yumaloq ham, cho‘zinchoq ham emas, balki, shuning o‘rtasidagi ko‘rinishda) yaratilganini qayerdan bilib aytdilar ekan?! Albatta, bu xabarni u kishiga barcha narsani yaratgan Alloh taolo bildirgandir!
Rasmlarda: tuyaqush tuxumi (tovuq tuxumi bilan solishtirilgan, ularning doirasiga e’tibor bering, tovuqniki cho‘zinchoqroq, tuyaqushniki doirasimonroq), chapda Yerning okeanli rasmi, o‘ngda Yerning okeansiz ko‘rinishi.
Internet materiallari asosida
Nozimjon Iminjonov tayyorladi
Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.
Abu Bakra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam namoz so‘ngida:
اللهُمَّ إِنِّي أَعُوذُ بِكَ مِنَ الكُفْرِ وَالفَقْرِ وَعَذَابِ القَبْرِ
«Allohumma inniy a’uzu bika minal kufri val faqri va ’azabil qobr», deb aytar edilar.
Ma’nosi: Allohim, kufrdan, kambag‘allikdan va qabr azobidan Sendan panoh tilayman (Ibn Sunniy rivoyati).
Imom Navaviyning «Al-Azkor» kitobidan