Sayt test holatida ishlamoqda!
27 Aprel, 2025   |   29 Shavvol, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:58
Quyosh
05:26
Peshin
12:26
Asr
17:14
Shom
19:19
Xufton
20:41
Bismillah
27 Aprel, 2025, 29 Shavvol, 1446

Yerning shakli

08.08.2018   9569   1 min.
Yerning shakli

Alloh taolo Qur’oni Karimda shunday degan:

 

وَالْأَرْضَ بَعْدَ ذَلِكَ دَحَاهَا

 

“Va undan so‘ng yerni tuxum shaklida qildi” (Naaziat surasi, 30-oyat).

“Tuxum shaklida qildi” deb tarjima qilingan fe’l oyatda دَحَا (daha) ko‘rinishida kelgan. Bu so‘z “tuyaqush tuxumi shaklida” ma’nosini anglatadi.

Tuyaqush yiliga 30 tadan 50 tagacha tuxum tug‘adi. Tuxumining vazni 1 yarim kilogramgacha yetadi.

Yer shari aynan tuyaqush tuxumi ko‘rinishidadir. Tovuq tuxumi ko‘rinishida emas.

Bundan 14 asr oldin, o‘qish-yozishni o‘rganmagan Muhammad sollallohu alayhi vasallam Yerning tuyaqush tuxumi shaklida biroz cho‘zinchoq ko‘rinishda (yumaloq ham, cho‘zinchoq ham emas, balki, shuning o‘rtasidagi ko‘rinishda) yaratilganini qayerdan bilib aytdilar ekan?! Albatta, bu xabarni u kishiga barcha narsani yaratgan Alloh taolo bildirgandir!

Rasmlarda: tuyaqush tuxumi (tovuq tuxumi bilan solishtirilgan, ularning doirasiga e’tibor bering, tovuqniki cho‘zinchoqroq, tuyaqushniki doirasimonroq), chapda Yerning okeanli rasmi, o‘ngda Yerning okeansiz ko‘rinishi.

 

Internet materiallari asosida

Nozimjon Iminjonov tayyorladi

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Arshning soyasida bo‘lasiz

15.04.2025   4884   1 min.
Arshning soyasida bo‘lasiz

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Nabiy sollallohu alayhi va ’alaa olihi vasallam: "Kim kambag‘alga muhlat bersa yoki undan o‘tib yuborsa, Alloh uni O‘zining soyasidan boshqa soya yo‘q kunda Arshning soyasiga oladi", dedilar.