Sayt test holatida ishlamoqda!
10 Avgust, 2025   |   16 Safar, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:57
Quyosh
05:27
Peshin
12:33
Asr
17:25
Shom
19:33
Xufton
20:56
Bismillah
10 Avgust, 2025, 16 Safar, 1447

Muhabbat bilan tirikmiz!

17.01.2024   5254   5 min.
Muhabbat bilan tirikmiz!

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam muhabbat bilan yashamagunimizcha mo'min bo'la olmasligimizni o'rgatib bunday dedilar: “Birortangiz to birodariga o'zi uchun yaxshi ko'rgan narsani ravo ko'rmagunicha mo'min bo'la olmassiz”.

Yana bir hadisda bizni mehr-muhabbatli bo'lishga, qalblarning kalitiga ega chiqishga targ'ib etib dedilar: “O'zaro muhabbatli bo'lmaguningizcha mo'min bo'lmaysizlar! Sizlarga bir ishni aytaymi, agar uni qilsangiz o'zaro mehr-muhabbatli bo'lasizlar? Orangizda salomni yoyingiz!”

U zot alayhissalom yana bizga: kimnidir yaxshi ko'rsak, unga bu haqda xabar berib qo'yishimizni, qulay fursat kutib o'tirmaslikni, xususan hayit bayramida aytaman deb o'tirmaslikni o'rgatganlar: “Qaysiki odam bir birodarini yaxshi ko'rsa, unga yaxshi ko'rishini bildirib qo'ysin”.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o'zaro hadya ulashishga targ'ib etganlar. Negaki hadyalar mehr-muhabbat elchisidir! Qay suratda, qay vaqtda bo'lishidan qat'i nazar hadya ulashishga odatlanish kerak. U zot alayhissalom deganlarki: “Hadya ulashingiz, o'zaro mehr-muhabbatli bo'lasiz”.

Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bir hadisi qudsiyda, hayotimiz davomida odamlarni Alloh uchun yaxshi ko'rish bilan o'tkazadigan bo'lsak, Alloh bizni yaxshi ko'rishi haqida xushxabar berganlar: “Alloh taolo aytdi: “Men uchun bir-birini yaxshi ko'radigan, Men uchun o'zaro hamsuhbat bo'ladigan, Men uchun hadya ulashadigan va Men uchun bir-birini ziyorat qiladiganlarga muhabbatim vojib bo'ldi”.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam u zotni haqiqatan yaxshi ko'rsak, oxiratda u zotni bilan birga bo'lishimiz haqida xushxabar berib bunday dedilar: “Kishi o'zi yaxshi ko'radiganlar bilan birgadir!”

Alloh taoloning quyidagi oyati bizga bitta muhabbatdan tashqari har qanday muhabbat oxiratda dushmanchilikka aylanishi haqida xabar beradi: “O'sha kunda taqvodorlardan boshqa do'stlar bir-birlariga dushmandir(Zuxruf surasi, 67-oyat).

Qiyomat kuni hamma o'z oqibatini bilgach, garchi bu dunyoda yaqin o'zaro do'st bo'lsa ham, bir-biriga dushmanga aylanadi. Chunki u dunyoda bir-birlarini turli amallarga undagan do'stlarning do'zaxga tushib jazo tortishlari aniq ma'lum bo'lib qoladi. Ana o'shanda, yomon bilan do'st bo'lganiga afsuslanadi.

Endigi keltiradiganimiz oyat esa bizga: xaloyiqni yaxshi ko'rishni Holiqni yaxshi ko'rishdan muqaddam qo'yganlar yutqazishdagi, xasratdagi odamlar ekanini bayon etadi: “Odamlar ichida Allohdan o'zga tengdoshlarni tutadiganlar va ularni Allohni sevgandek sevadiganlar bor. Iymon keltirganlarning Allohga muhabbatlari qattiqdir” (Baqara surasi, 165-oyat).

Yo Alloh, bizni muhabbating ila rizqlantir! Habibing muhabbatini ila rizqlantir! Seni yaxshi ko'radiganlarning muhabbati bilan rizqlantir!

Alloh do'stlar, suyukli kishilar ato etgan bir kishidan so'rashibdi: Qanday uchrashib qolgansiz?

- Alloh bizni hech qanday kelishuvsiz jam etdi!

- Ho'p, unda qanday do'stlashdingiz?

- Alloh bizning harakatimizsiz qalblarimizni ulfat qilib qo'ydi!

- Bu do'stligingiz, mehr-muhabbatingizdan asosiy maqsad nima?

- Qiyomatda Rahmonning soyasida soyalanish!

Agar kimnidir yaxshi ko'rsangiz uni duoingizda eslang. Abu Dardo roziyallohu anhu aytadi: “Men (nafl namozda) sajda qilganimda qirqta birodarimni nomma-nom duo qilaman”.

Doktor Hasson Shamsi Poshoning "Metin qoyalar" kitobidan

G'iyosiddin Habibulloh, Ne'matulloh Isomov tarjimasi.

 

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Videolar

Salafi solihlarning mutashobih matnlar borasidagi tavsiyalari

08.08.2025   8743   1 min.

Rustam Oxunjonov, "Ko‘kaldosh" o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi Matbuot kotibi

VIDEO