Buqalamun o‘zi tushib qolgan tabiiy sharoitga qarab tusini, rangini, ko‘rinishini tez o‘zgartira olishi bilan ma’lum va mashhur. Bundan tashqari ko‘plab hayvonlar, qushlar, amfibiyalar (suvda va quruqlikda yashovchilar, masalan, qurbaqa, toshbaqa, kaltakesak, ilon kabilar) va hasharotlarda ham mana shunday xususiyat bor. Ular dushmandan himoyalanish, biror xavfdan saqlanish yoki muvaffaqiyatli ov qilish, o‘ljani cho‘chitib yubormaslik, unga o‘zini sezdirmaslik maqsadida tusini, terisining rangini o‘zgartirib, o‘zi turgan joyga, masalan, qor, daraxt, barg, shox-shabba, maysa, qurigan o‘simlik, loy, xazon, tosh, qum, xarsangtosh, suv turgan muhitga moslashadi va shu tariqa dushman va o‘lja ko‘ziga ko‘rinmaslikka urinadi. Buni fan tilida “Mimikriya”, “Maskirovka” (taqlid qilish) deb ataladi. Bir turdagi hayvonlarning turli ranglarda ko‘rinishi Alloh taoloning qudratiga dalolat qiluvchi belgilardandir.
Alloh taolo Qur’oni Karimda shunday deb marhamat qilgan:
وَمِنَ النَّاسِ وَالدَّوَابِّ وَالْأَنْعَامِ مُخْتَلِفٌ أَلْوَانُهُ كَذَلِكَ إِنَّمَا يَخْشَى اللَّهَ مِنْ عِبَادِهِ الْعُلَمَاء إِنَّ اللَّهَ عَزِيزٌ غَفُورٌ
“Shuningdek, odamlardan, hayvonlardan va chorvalardan ham turli ranglardagilarini chiqardik. Allohdan bandalari ichidan faqat olimlarigina qo‘rqarlar. Albatta, Alloh aziz va o‘ta mag‘firatli zotdir”. (Alloh taoloning qudratini his etib, ularning yaratuvchisi borligini anglab yetib, aqli bilan Allohni topgan va undan qo‘rqqan odamgina olim hisoblanadi. Ammo mazkur maxluqotlarning tarixi, tuzulishi, tarkibidagi moddalari, xususiyatlari va boshqa turli ma’lumotlarini to‘liq o‘rganib, ularni yaratgan zot Allohni tanimagan va undan qo‘rqmagan odam o‘ta johil hisoblanadi.) (Fotir surasi, 28-oyat).
Quyida o‘zining taqlid usulini qo‘llashga ustaligi bilan mashhur bo‘lgan bir qancha hayvonlarni keltiramiz. Rasmga aloqador izoh o‘sha rasmning ustiga yozilgan.
Xarsangtosh orasidagi olmaxon

Daraxt oldida turgan boyo‘g‘li

Daraxt kovagida turgan boyo‘g‘li

Barg ichidagi qurt

Toshloq joyda ketayotgan o‘rgimchak

Daraxtdagi kaltakesak

Xazon ustidagi baqa

Moslashuvchan qurtlar

Daraxtdagi kapalak

O‘ljasini poylayotgan leopard

Daraxtdagi o‘rgimchak

Dengiz oti

Shoxdagi buqalamun

Qurigan maysalar orasidagi impala (kiyikning bir turi)

Daraxtga tirmashayotgan baqa

Daraxt shoxlari orasidan kuzatib turgan jirafa

Oq kuropatkalar

Bargsimon hasharot

Bargdagi kapalak

Daraxtdagi kapalak

Toshloq joyda yotgan shaqildoq ilon

Gul ustidagi o‘rgimchak

Qutb quyoni

Qutb bo‘rilari

Qutb ayig‘i

Shimol bug‘usi

Qutb boyo‘g‘lisi

Internet materiallari asosida
Nozimjon IMINJONOV
tayyorladi
Saudiya Arabistonining turizm va sayohatlarga ixtisoslashgan “Arab Tourist” elektron nashrida “Markaziy Osiyoning qoq markazida joylashgan va Buyuk ipak yo‘li bilan bog‘langan mamlakat” sarlavhali tahliliy maqola e’lon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.
Maqolada Buyuk ipak yo‘li tarixida o‘zbek shaharlarining tutgan o‘rni alohida e’tirof etiladi. Xususan, Samarqand, Buxoro va Xiva kabi tarixiy shaharlar asrlar davomida Sharq va G‘arb o‘rtasidagi savdo, fan va madaniyat markazlari sifatida xizmat qilgani ta’kidlanadi. Registon maydoni, Ichan-qal’a va Buxorodagi me’moriy obidalar islom sivilizatsiyasi hamda jahon madaniy merosining bebaho durdonalari sifatida tilga olinadi.
Bundan tashqari, nashr O‘zbekistonning rang-barang tabiati va geografik relefiga to‘xtalib o‘tgan. Qizilqum cho‘li, serhosil Farg‘ona vodiysi, Tyan-Shan va Pomir-Oloy tog‘ tizmalari aholi joylashuvi va qishloq xo‘jaligi rivojida muhim o‘rin tutishi qayd etiladi.
Nashr, shuningdek, Buyuk Mirzo Ulug‘bek kabi donishmandlarning astronomiya va matematika sohasidagi buyuk kashfiyotlarini alohida e’tirof etgan.
Xulosada ta’kidlanganidek, Toshkent, Samarqand, Buxoro, Namangan va Andijon kabi shaharlar bugungi kunda nafaqat ma’muriy va iqtisodiy, balki jadal rivojlanayotgan yirik madaniy-turistik markazlar sifatida dunyo sayyohlari e’tiborini o‘ziga jalb etmoqda.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati