Sayt test holatida ishlamoqda!
02 Avgust, 2025   |   8 Safar, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:46
Quyosh
05:19
Peshin
12:34
Asr
17:31
Shom
19:43
Xufton
21:09
Bismillah
02 Avgust, 2025, 8 Safar, 1447

Komil mo‘minning sifati

03.08.2018   3793   2 min.
Komil mo‘minning sifati

Yaxshilik va yomonlik Allohdan deb iymon keltirganmiz, shu e’tiqodga amal qilib borsak ulug‘ ajrlarga ega bo‘lamiz. Hayotimizdagi xar bir holatga shukr qilsak, sabr qilsak zafar topamiz. Mukofoti jannat bo‘ladi, inshoalloh.

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam hazrati ibn Abbos roziyallohu anhuga nasihat qildi: “Har bir ishingda Alloh taoloni haqiqiy saqlaguvchi deb bilgin – Alloh seni saqlagay. Qalbingda hamisha Alloh taoloni saqlagin – Alloh senga  doim hamroh bo‘lgay. Biror narsa so‘ramoqchi bo‘lsang, Alloh taolodan so‘ragin. Bilginki, butun dunyo ahli yig‘ilishib senga biror foyda keltiramiz desa Alloh taolo yozganidan ortiq foyda keltira olmaslar. Agar senga biror zarar yetkazmoqchi bo‘lsalar sen haqingda Alloh taolo yozgan miqdoridan ortiq zarar berolmagay. Azaldan bo‘ladigan va bo‘lmaydigan narsalar taqdirda yozib qo‘yilgandir”.

Ammo e’tiqod masalalari va hadisi shariflarda aytilganki taqdir ikki narsa bilan o‘zgaradi ya’ni duo qilish va solih amallarni ko‘paytirish bilan. 

O‘zimizga   jamiyatga xizmat qilib duosini olmoqlik, el  nazarini topmoqlik, vatanga, mahalla ko‘yga yaxshilik qilmoqlik, sadaqai joriyalarni qoldirmoqlikni lozim tutaylik.

Inson boshiga har qachon, har qanday musibat kelsa Alloh taolodan umid uzmaslik kerak, xar bir qiyinchilik ortidan sabr qilsa xayriyat bor, musibatdan keyin rohatga chiqishlik ham bor. Baloga uchragan bo‘lsa undan qutulmak ham bor. Zulmdan qutulib rohatga chiqmak, qorong‘udan yorug‘likka chiqmak bordur.

Insonning dunyo va oxirat saodatiga erishishi o‘zining e’tiqodi, himmati va g‘ayratiga bog‘liqdir. Amallarimizni xolis Alloh uchun qilib rahmatidan noumid bo‘lmay fazli karamidan umidvor bo‘lmoqlik, to‘g‘ri e’tiqod qilmoqlik, dil bilan tilni bir qilmoqlik komil mo‘minning sifatidir.

 

Abdurahim SATTOROV,

  Izboskan tumani “Bobur” jome masjidi imom-xatibi

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

“Qur’oni karim va tajvid” o‘quv kursining 62-davra o‘qishlari boshlandi

01.08.2025   7994   1 min.
“Qur’oni karim va tajvid” o‘quv kursining 62-davra o‘qishlari boshlandi

#Qur’on_va_tajvid_o‘quv_kursi

Toshkent islom instituti qoshidagi “Qur’oni karim va tajvid” o‘quv kursining navbatdagi 62-davra tinglovchilari o‘qishni boshlamoqda. Shu munosabat bilan “Qur’oni karim va tajvid” o‘quv kursi bo‘limi boshlig‘i Ahmadxon qori Rashidov tinglovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda kursning ahamiyati va o‘quv jarayoni haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, tinglovchilarning fikrlari tinglanib, ularga tavsiyalar berildi. 

 

Ma’lumot uchun:

- Qabul: har shanba kuni, soat 09:00 – 14:00;

- To‘lov: 3 oylik kurs uchun 1 648 000 so‘m;

- Ro‘yxatdan o‘tgach, tinglovchilar navbat bilan o‘qishga chaqiriladi. 

 

Manzil:

Toshkent shahar, Olmazor tumani, Zarqaynar 18-berk ko‘cha, 47-uy. (https://goo.gl/maps/Ng8xP1yVfJwJvB3e7)

 

Bog‘lanish uchun:

71-227-23-47

 

 Alloh taolo barchamizga Qur’onni to‘g‘ri va chiroyli o‘qishni, uning hikmatlaridan bahramand bo‘lishni nasib qilsin!

 

11 ta filiallar   (https://t.me/oliymahad/21683)

t.me/oliymahad

“Qur’oni karim va tajvid” o‘quv kursining 62-davra o‘qishlari boshlandi “Qur’oni karim va tajvid” o‘quv kursining 62-davra o‘qishlari boshlandi “Qur’oni karim va tajvid” o‘quv kursining 62-davra o‘qishlari boshlandi “Qur’oni karim va tajvid” o‘quv kursining 62-davra o‘qishlari boshlandi
O'zbekiston yangiliklari