Sayt test holatida ishlamoqda!
26 Dekabr, 2024   |   25 Jumadul soni, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:22
Quyosh
07:48
Peshin
12:29
Asr
15:19
Shom
17:03
Xufton
18:23
Bismillah
26 Dekabr, 2024, 25 Jumadul soni, 1446

Havo qobig‘i haqida ajoyib haqiqatlar

2.08.2018   4044   4 min.
Havo qobig‘i haqida ajoyib haqiqatlar

Qur’oni karimda har bir ne’mat benuqson va betakror qilib yaratilgani va ularning barchasi insonlar uchun xizmat qilishi haqida ko‘plab oyatlar tushirilgan. «Albatta osmonlar va yerning yaratilishida, kecha va kunduzning almashib turishida, dengizda odamlarga kerakli narsalarni olib yurgan kemalarning (suzishida) va Alloh osmondan tushirgan va u sababli o‘lik yerni tiriltirib, bor jonzotni tarqatib-yoyib yuborgan suv degan ne’matda va shamollarning yo‘naltirilishida, osmon va yer orasidagi itoatgo‘y bulutda (bularning hammasida) aqlli kishilar uchun oyat-alomatlar bordir» (Baqara, 164).

Atmosfera yer sharining havo qobig‘i bo‘lib, biosferada hayot mavjudligini ta’minlovchi asosiy manbalardan biridir. Atmosfera barcha jonzotlarni zararli kosmik nurlardan himoya qilib turadi, sayyora yuzasidagi issiqlikni saqlaydi. Agar havo qobig‘i bo‘lmaganida yer yuzasida kunduzi +1000S va kechqurun -1000S harorat kuzatilgan bo‘lar edi. Atmosferaning yuqori chegarasi taxminan 2000 km. balandlikdan o‘tadi. Atmosfera bir necha qatlamlardan iborat bo‘lib, uning asosiy massasi (90%) 10-16 km. balandlikkacha bo‘lgan quyi troposfera qismida joylashgan. Ob-havo va iqlim asosan troposferadagi jarayonlar bilan bog‘liq. Atmosferaning shu qatlamida barcha yog‘inlar va bulutlar hosil bo‘ladi, bo‘ronlar yuz beradi. Troposfera ustida 40-50 km.gacha balandlikda stratosfera joylashgan va unda harorat pasayib boradi. Stratosferada 22-24 km. oraliqda Yerdagi tirik organizmlarni himoya qiladigan, ultrabinafsha nurlanishning katta qismini yutib qoladigan ozon (03) qatlami joylashgan. Ozon gazi yig‘ilganda yupqa, 2-4 mm. qatlamni hosil qiladi, lekin himoya ahamiyati juda ham katta.

Stratosferadan keyin, 50 km. dan yuqorida mezosfera joylashgan va unda harorat pasayib boradi. 80 km. yuqorida harorat –700 S ni tashkil qiladi. Undan yuqorida termosfera joylashgan bo‘lib, 500-600 km. balandlikda havo harorati +1600S gacha ko‘tariladi. 800-1600 km. da ekzosfera joylashgan va unda havo juda ham siyrakdir.

Begona qo‘shimchalari bo‘lmagan atmosfera havosi quyidagi tarkibiy qismlardan iborat: azot-78.09%, kislorod 20.94% , argon 0.93 %, uglerod qo‘shoksidi- 0.03 %. Boshqa gazlarning miqdori nisbatan kam. Bundan tashqari, havoda doim 3-4 % suv bug‘lari mavjud, chang zarralari bo‘ladi. Atmosferadagi har bir gaz o‘ziga xos fizik va kimyoviy xususiyatlarga egadir. Masalan, kislorod tiriklikni ta’minlovchi, azot to‘yintiruvchi va sovituvchi va hokazo.

Biroq keyingi vaqtlarda sanoatning rivojlanishi natijasida atmosferaga ko‘plab chiqindi gazlar chiqarilishi oqibatida global miqyosdagi ekologik muammolar kelib chiqmoqda. Jumladan “Issiqxona samarasi”, “Ozon qatlamini yemirilishi”, “Cho‘llanish jarayonining avj olishi” kabilar. Bu jarayonlargaQur’onu karimidagi quyidagi oyatni misol qilib keltirish mumkin.

«Odamlarning o‘zlari qilgan qilmishlari sababli quruqlikda ham, dengizda ham (turli) balo-ofatlar yuz berdi.(Bu balo va ofatlar odamlar qilayotgan gunoh-ma’siyatlardan)qaytishlari uchun, ularga qilgan gunohlarining (jazosini) totdirib qo‘yish uchundir» (Rum, 41).

Aholining ehtiyojlari doimiy ravishda geometrik shaklda o‘sib bormoqda. Biroq moddiy ne’matlar yaratilishi esa arifmetik shaklda o‘smoqda. O‘rtadagi tafovut tabiiy resurlardan yanada keng va ko‘proq foydalanishi taqozo etmoqda. Natijada atmosferaga yanada ko‘proq chiqindilar chiqishiga sabab bo‘lmoqda.

Xalqimizning ajoyib bir maqoli bor “Toza havo-tanga davo”. Albatta ,xalqimiz azaldan atrof-muhitni asrab avaylagan, ayniqsa, bekordan bekorga xazon va barglarni yoqmagan, dalalarni o‘t qo‘yish orqali tozalamagan. Sababi insonlar uchun eng zarur bo‘lgan kislorod (O2) yonib ketadi. Masalan 1 litr benzin yonishi uchun 15 kg. havo zarur. Londondan Nyu-Yorkka uchun Boing 747 samolyoti 80 tonna kerosin sarf qiladi va bu o‘rtacha kenglikda joylagan 10 ming gektar yerdagi o‘rmonning bir kun davomida ishlab chiqqan kislorodiga teng keladi. Endilikda o‘ylab ko‘ring, dunyo bo‘yicha qancha transport texnikasi (samolyot, kemalar, avtomashinalar, poyezdlar va hokazolar) harakatlanadi. Rum surasinining 41-oyatida keltirilganidek, qilgan ishlarimiz bizlarga balo qazo bo‘lmasiligi uchun aql ko‘zi bilan atrof-muhitga munosabatda bo‘lsak, uni asrab avaylash, tejashga targ‘ib qilsak, Allohning bergan ne’matlari yanada ziyoda bo‘lib boraveradi. Inshoalloh

 

Vohidjon INOMOV,

“Hidoya” o‘rta maxsus islom bilim yurti o‘qituvchisi

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Nega nuringizni ortingizda qoldirasiz?

25.12.2024   2006   4 min.
Nega nuringizni ortingizda qoldirasiz?

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuhu

Bugun siz azizlarga so‘zlab beradigan hikoyam Makka shahrida bundan bir necha yuz yillar oldin sodir bo‘lgan hayotiy voqea haqidadir. Bu voqea bilan Saudiyada nashr etiladigan gazetalardan birida tanishganman.

Umra ibodatini ado etish uchun Makka shahriga borganimda gazetadagi “Nima uchun nuringni ortingda qoldirding?” degan maqolaga ko‘zim tushdi. Bu qiziqarli sarlavha meni o‘ziga jalb qildi. Bu nima degani ekan deb qiziqdim. Hikoyani o‘qib, uning mazmunini angladim.

Qadim zamonda o‘ta badavlat odam yashagan ekan. U paytlar qullik davri edi. Bu boyning ham barcha shaxsiy ishlarida unga xizmat qiladigan quli bor edi.

Bomdod namoziga azon aytilganda, xizmatkor tahorat uchun suv tayyorlar va xo‘jayinini uyg‘otardi. Tahoratga yordamlashib bo‘lgach, miltillab yonadigan fonusi bilan yo‘lini yoritib masjidga olib borardi. Bu davrlarda hali elektr tok, chiroqlar yo‘q, yo‘llar zimiston, chang, ko‘chalarda tosh va chuqurlar ko‘p edi.

Shu zaylda qul 20 yildan ortiq xo‘jayiniga xizmat qildi. Kunlarning birida odatdagidek bomdod namoziga ketishayotganida boy yurishdan to‘xtab, joyida biroz jim turib qoldi-da, keyin: “Gaplarimni eshit ey Said”, dedi. Qulning ismi Said edi.

Boy: “Ey Said, men vasiyatnomamda vafot etganimdan keyin merosxo‘rlarim seni ozod qilishlarini yozdim. Bu senga 20 yildan beri menga qilgan sodiq xizmatlaring uchun mukofot bo‘ladi”, deb aytdi.

Lekin bu gapdan Said xursand bo‘lmadi, xo‘jayiniga tashakkur ham izhor etmadi, hatto bir og‘iz so‘z ham aytmadi.

Ertasi kuni yana odatdagidek masjid tomon fonusni yoqib yo‘lga tushishdi. Ammo bu safar har gal xo‘jayinning yo‘llarini yoritib ketadigan xizmatchi orqa tomonga o‘tib olgandi. Xo‘jayin nega bunday qilayotganini tushunmay: “Nega orqamdan ketayapsan? Said senga nima bo‘ldi? Nega oldinda yo‘lni yoritib ketmayapsan?” deb so‘radi.

“Chunki siz nuringizni ortda qoldirdingiz. Hayotlik vaqtingizda emas, balki vafot etganingizdan keyin meni ozod qilishingiz ham xuddi shunga o‘xshaydi. Tiriklik vaqtingizda meni ozod qilishni o‘ylamadingiz. Endi vafot etganingizdan keyin meni ozod qilishga va’da beryapsizmi? Siz qachon vafot etarkansiz, men shunda tezroq ozod bo‘laman deb o‘ylab yurishimni istaysizmi? Men uchun sizning umringiz uzoq bo‘lsa-yu, sizning xizmatingizni qilsam. Men shundoq ham umrbod sizga sodiq xizmat qilmoqchi edim. 20 yildan beri xizmatingizda bo‘layotgan bo‘lsam, biror marta meni ozod qilishingiz haqida aytmagansiz. Lekin endi aytishingiz go‘yoki sizning vafotingizni kutayotgandek bo‘laman. Nega nuringizni oldingizda emas, ortingizda qoldirdingiz?”.

Bu gaplarni eshitib boy odam qattiq ta’sirlandi. Unga: “Ey Said shu daqiqadan e’tiboran sen ozodsan”, dedi. Said uning bu taklifini rad etib: “Men sizning itoatkor xizmatkoringizman”, dedi.

Ushbu qissadan qanday ibrat olinadi. Ko‘pchilik o‘z nurini oldida emas, balki ortida qoldiradi. Bu nima degani? Ayrimlar: “Boy bo‘lsam falon-falon ishlarni qilaman”, “Vafot etsam kambag‘allarga to‘plagan boyliklarimni tarqatishadi”, “10 yildan keyin falon ishlarni qilaman” deyishadi. Nega o‘sha ishlarni hayotlik vaqtingizda, imkoningiz borida qilmaysiz? Nega nuringizni ortingizda qoldirasiz, oldingizda emas. Nega yaxshiliklar qilishni uzoq yillarga suramiz. Imkon borida darhol yaxshilik qilish haqida o‘ylamaymiz? Biror yaxshilik qilishni imkoningiz bormi, uni hozir qiling, shunda nuringiz oldinda bo‘ladi. Nuringizni aslo orqada qoldirmang!

Maqolaning videolavha shakli

Davron NURMUHAMMAD

 

 

 

Maqolalar