Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam):
As’alullohal a’zim Robbal a’rshil a’zim an yashfiyaka.
Ma’nosi: “Buyuk Arshning Rabbi Allohdan senga shifo berishini tilayman”, deb duo qilardilar.
Hasan Basriy rahimahulloh bir bemorni ko‘rgani kelsalar, u tuzalib ketgan ekan. Shunda o‘sha kishiga: "Alloh seni yod etibdi, sen ham u zotni yod etgin. Alloh seni darddan forig‘ qilibdi, u Zotga shukr qilgin. Bilib qo‘y, dardu balolar Malikul-Karim Allohning savalaydigan qamchisidir. Bemor odam kasaldan keyin yo chopqir otdek, yo ko‘p qoqiladigan asov eshakdek bo‘ladi".