Sayt test holatida ishlamoqda!
30 Dekabr, 2024   |   30 Jumadul soni, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:23
Quyosh
07:49
Peshin
12:31
Asr
15:22
Shom
17:06
Xufton
18:26
Bismillah
30 Dekabr, 2024, 30 Jumadul soni, 1446

ZULHIJJA OYI KIRIB KYeLDI. BU OYDA QANDAY AMALLAR BAJARILADI?

19.06.2023   2249   2 min.
ZULHIJJA OYI KIRIB KYeLDI. BU OYDA QANDAY AMALLAR BAJARILADI?

Zulhijja so'zi qanday ma'noni anglatadi?
“Haj egasi” degan ma'noni bildiradi.

Zulhijja oyi qanday oy?
Bu oy Alloh taolo urush, qon to'kishni harom qilgan (Zulhijja, Zulqa'da, Muharram, Rajab) to'rt oyning biri, hijriy-qamariy taqvimning oxirgi oyidir.

Zulhijja oyi qanday fazilatlarga ega?
Haj ibodati ado etiladigan, qurbonlik qilinadigan, Arafa va Qurbon hayiti nishonlanadigan oy. Bu oyda, ayniqsa uning dastlabki o'n kunida qilingan ibodatlar Alloh taolo uchun eng sevimli amallardan sanaladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Zulhijja oyining o'n kunidagi amaldan ko'ra afzalroq amal yo'qdir”, deganlar (Imom Ibn Hibbon rivoyati).

 Bu oyda tutilgan ro'za ikki yillik gunohlarga kafforot bo'ladi.

Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Arafa kunining ro'zasi o'zidan avvalgi bir yil va o'zidan keyingi bir yilning gunohlariga kafforat bo'lishini Allohdan umid qilaman”, deganlar (Imom Muslim rivoyati).

Zulhijja oyini Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qanday o'tkazardilar?

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Zulhijja oyining dastlabki to'qqiz kunida, Ashuro kunida va har oydan uch kunda – oyning avvalgi dushanbasi bilan ikki payshanbasida – ro'za tutardilar (Imom Ahmad rivoyati).

 Nabiy sollallohu alayhi vasallam yanada ko'proq zikr qilardilar va: “...Bu kunlarda tahlil (Laa ilaha illalloh Muhammadur Rasululloh), takbir (Allohu akbar) va tahmid (Alhamdulillah) aytishni ko'paytiringlar!” derdilar (Imom Ahmad, Imom Bayhaqiy rivoyati).

 Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ushbu duoni ko'p aytardilar: "Laa ilaha illallohu vahdaxu laa shariyka lahu, lahul mulku va lahul hamdu va huva 'ala kulli shay'in qodiyr" (Imom Termiziy rivoyati).

 Eslatib o'tamiz, 19 iyun' dushanba kuni Zulhijja oyining 1-kunidir, InshaAlloh.
(https://telegra.ph/file/9bc6c1baa4b5b59409d05.jpg)
Davron NURMUHAMMAD
@muslimuzportal | @mp3muslim | @diniysavollar

Maqolalar
Boshqa maqolalar

O‘zini sarhisob qilish – musulmonning vazifasidir!

30.12.2025   5251   1 min.

Zayniddin domla Eshonqulov
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati