Har kimga niyatiga yarasha.
Luqmoni hakimning qo‘li ochiqligi, so‘raganga qarz berib, yozib qo‘ymasligini bilgan bir kishi yeb ketish niyati bilan undan ming tanga oltin oldi. Yo‘lda dam olgani o‘tirib, pulni qizil rangli bir matoga o‘rab qo‘ydi. Bir qush uni go‘sht xayol qilib olib qochdi va Luqmonning uyi ustidan uchib o‘tayotganida tumshug‘idan tushirib yubordi. Luqmon o‘zi bergan oltinlarni tanib, olib qo‘ydi. Haligi odam kelib, yana shu niyat bilan ming tanga oltin oldi. Lekin, anhordan kechib o‘tayotganida uni suv olib ketdi. Anhor Luqmonning uyi yonidan o‘tar edi. Luqmon oltinni tanib, yana olib qo‘ydi. O‘sha odam uchinchi marta qaytarmaslik niyatida ming oltin olib, uni ham bir sabab bilan yo‘qotdi. To‘rtinchi marta nihoyat, savdo-sotiq bilan shug‘ullanish va foyda ko‘rsa, Luqmonga to‘rt ming qilib qaytarish niyati bilan ming oltin so‘radi. Bu gal foyda ko‘rdi va Luqmonga to‘rt ming oltin olib keldi, Luqmon ming oltinni olib, qolganini qaytarib berdi.
Manba: islaminstitut.uz
«Vaqf» xayriya jamoat fondi Farg‘ona viloyati filialining fidoyi xodimlari va volontyorlari tomonidan saxovatpesha xalqimiz tomonidan qilingan xayr-ehsonlar ezgu maqsadlar yo‘lida sarflanmoqda.
Navbatdagi xayriya tadbiri doirasida Uchko‘prik tumanida yashovchi, jigar sirrozi kasalligiga chalingan og‘ir bemor Kazakov Ilyosjon Yoqubovichning holidan xabar olinib, unga jarrohlik amaliyoti xarajatlari uchun 132 million 500 ming so‘m miqdorida xayriya mablag‘i, oziq-ovqat mahsulotlari jamlanmasi, Mus'haf va boshqa ehsonlar topshirildi.
Bugun bemorlar va ehtiyojmand insonlarga ko‘rsatilayotgan bunday ko‘mak — xalqimizning mehr-oqibati, saxovati va hamjihatligining yorqin ifodasidir.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati