Sayt test holatida ishlamoqda!
26 Dekabr, 2024   |   25 Jumadul soni, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:22
Quyosh
07:48
Peshin
12:29
Asr
15:19
Shom
17:03
Xufton
18:23
Bismillah
26 Dekabr, 2024, 25 Jumadul soni, 1446

Bolaga istig‘for aytishni o‘rgating!

9.07.2018   3737   3 min.
Bolaga istig‘for aytishni o‘rgating!

Inson bu dunyo hayotida qanchalik ehtiyotkor bo‘lmasin. Xato va gunoh qilishi mumkin. Alloh taolo barchalarimizni istig‘for aytishimizga amr qilib, shunday degan: «...Allohdan mag‘firat so‘rangiz! Albatta, Alloh mag‘firatli va rahmlidir» (Muzammil, 20).

G‘aflat yoki esdan chiqarish sababidan takror-takror istig‘for aytishga nihoyatda muhtojmiz, zero, Parvardigorimiz bilan bo‘ladigan ruhiy bog‘lanishni tez-tez yangilab turishda, qodir bo‘lganimizcha Uning to‘g‘ri yo‘lidan borishimizda istig‘for aytishimiz lozim bo‘ladi.

Qur’oni karim oyatlari  bandalarga Alloh taolo yaxshilikni ravo ko‘ruvchi rahmli zot ekanligini doimo eslatib turadi. Insonning qanday gunohi yoki ma’siyat bo‘lmasin Undan kechirishini, avf etishini iltijo qilishi lozimligini esiga solib turadi. Ma’lumki, inson o‘z tabiati va xilqatiga muvofiq  xato qiluvchi, ba’zan kamchilik va ayb ishlarni qilib qo‘yishi mumkin. Agar uning qarshisida nadomat, tavba eshiklari berkitib qo‘yilsa, u hayotda halovatini yo‘qotib tubanlik sari yo‘l tutishi mumkin bo‘ladi. Demak, Islom dini xatokor, gunohkor uchun uzr aytish, tavba qilish yo‘lini ko‘rsatdi.

Bu yo‘l insonni zalolat zulmatidan imon nuri sari yetaklaydi, zamirini poklab, qaytadan obod qiladi, zero Hazrati Rasululloh (s.a.v) barcha as'hoblarini, hamma ummatlarini istig‘for aytishga qiziqtirib, ularga o‘zlari har kuni yetmish marta istig‘for aytishlari xabarini berdilar. Bundan o‘zlariga biron-bir foyda yoki gunohdan xalos bo‘lishni ko‘zlamaganlar, vaholanki, U zot barcha gunoh va xatolardan ma’sumlar. Bundan murod, ummatlariga gunoh yoki xatolardan qanday qilib xalos bo‘lish, adashishdan qaysi yo‘l bilan qutulish yo‘llarini o‘rgatishlari edi.

Aqoidga doir kitoblarimizda yozilganiga qaraganda, Alloh taolo bandalari zimmalaridagi haqlarini kechishi mumkin ekan, ya’ni O‘zi farz qilgan ibodatlarni tark qilgan yoki chala, nuqsonli bajargan bo‘lsa, qaytargan va ta’qiqlagan narsalaridan qaytmasdan gunohkor bo‘lgan bandalari gunohini kechirishi joiz ekan. Ammo bandalar bir-birlariga nisbatan haq-huquqlarini ado etmagan bo‘lsa, o‘zgalarga zulm yoki xiyonat qilgan bo‘lsa, nohaq ozor  bergan bo‘lsa, to o‘sha jabrlanuvchilar kechirib, rozi bo‘lmaganlaricha Alloh kechirmas ekan.

Istig‘for aytish, duo qilish va yolborish insonga ruhiy taskin va qalb xotirjamligini, hayot tashvishlaridan xalos bo‘lishda yordam berishini aslo unutmasligimiz zarur. Alloh taolo bilan ruhan bog‘lanishimiz yaxshi va savobli amallarni qilishimiz, hayotda to‘g‘ri yo‘l topishimizda istig‘forning yordami kattadir. Rasululloh sallollohu alayhi va sallamning quyidagi hadisi shariflarining mazmuni ham shu ma’noga dalolat qiladi: «Kim ko‘p istig‘for aytsa, Alloh taolo barcha g‘amni xursandchilikka aylantiradi, qiyinchiliklardan xalos etadi va o‘ylamagan yerdan rizq-ro‘zini yetkazadi» (Imom Ahmad rivoyati).

 

Muslim ATAYEV,

Fatvo bo‘limi xodimi

O‘MI Matbuot xizmati

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Yahudiy va Avf ibn Molik qissasi

26.12.2024   1645   4 min.
Yahudiy va Avf ibn Molik qissasi

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.

Imom Bayhaqiy, Abu Ubayd va Ibn Asokirlar Suvayd ibn G‘afla roziyallohu anhudan rivoyat qiladilar:

«Umar roziyallohu anhu Shomga kelganida ahli kitoblardan biri: «Ey mo‘minlarning amiri! Mo‘minlardan biri meni o‘zing ko‘rib turgan holga soldi», dedi. U kaltaklangan, boshi yorilgan holda edi. Umar roziyallohu anhu qattiq g‘azablandi va Suhayb roziyallohu anhuga:

«Bor, qara-chi, buning sohibi kim ekan?» dedi.

Suhayb roziyallohu anhu borib qarasa, u Avf ibn Molik roziyallohu anhu ekan.

Suhayb unga: «Mo‘minlarning amiri sendan qattiq g‘azablandi. Muoz ibn Jabal roziyallohu anhuning oldiga bor, u zot bilan gaplashsin. Umar shoshilib, seni bir narsa qilib qo‘yadimi, degan xavfdaman», dedi.

Umar roziyallohu anhu namozni o‘qib bo‘lib:

«Suhayb qani?! U odamni keltirdingmi?!» dedi.

«Ha», dedi Suhayb.

Avf Muozning oldiga borib, bo‘lgan voqeani aytib bergan edi, bas, Muoz o‘rnidan turib:

«Ey mo‘minlarning amiri! U Avf ibn Molik ekan. Uning gapini eshitib ko‘ring. Shoshilib, uni bir narsa qilib qo‘ymang», dedi. Umar unga:

«Sening bu bilan nima ishing bor?!» dedi.

«Ey mo‘minlarning amiri, qarasam, bu bir muslima ayolning eshagini yetaklab ketayotgan ekan. Eshak sakrab, ayolni yiqitib yuboray debdi. Lekin ayol yiqilmabdi. Manavi bo‘lsa, uni turtib yiqitib, o‘zini ayolning ustiga otdi», dedi Avf.

Umar unga: «Menga ayolni olib kel, aytganingni tasdiqlasin», dedi.

Avf ayolning oldiga bordi. Ayolning otasi bilan eri: «Nima qilib qo‘yding?! Bizning sohibamizni sharmanda qilding-ku!» dedilar.

Biroq ayol: «Allohga qasamki, u bilan boraman!» dedi.

Otasi bilan eri: «Biz borib, sening nomingdan gapiramiz», dedilar va Umar roziyallohu anhuning huzuriga kelib, Avf aytgan gaplarga o‘xshash gap aytdilar.

Bas, Umar amr qildi. Yahudiy osildi.

So‘ngra Umar: «Biz sizlar bilan bunga sulh qilganimiz yo‘q. Ey odamlar! Muhammadning zimmasi haqida Allohdan qo‘rqinglar! Ulardan kim bu ishni qilsa, unga zimma yo‘q!» dedi.

Suvayd: «O‘sha men ko‘rgan yahudiy Islomda birinchi osilgan odam edi», dedi».

Bu hodisada Umar ibn Xattob roziyallohu anhuning siyosat yoki tashviqot uchun emas, balki adolat uchun ish olib borishlari yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Mazkur yahudiy qilar ishni qilib qo‘yib, makkorligini ishga solgan edi. U: «Musulmonlarning xalifasi kelib turibdi, hozir siyosat nozik paytda unga arz qilsam, siyosat uchun mening tarafimni oladi», deb o‘ylagan edi.

Darhaqiqat, ish avvaliga, sirtdan qaraganda yahudiy o‘ylaganicha boshlandi. Umar ibn Xattob roziyallohu anhu katta sahobiy Avf ibn Molik roziyallohu anhuning obro‘siga e’tibor qilmay, ishning haqiqatini surishtira boshladilar. U kishidan boshqa odam bo‘lganida bir yahudiyni deb, o‘zimizning obro‘li odamni xijolat qilmaylik, degan mulohazaga borishi mumkin edi. Ammo hazrati Umar roziyallohu anhuning tabiatlarida va u kishi ko‘rgan tarbiyada bunday mulohaza bo‘lishi mumkin emas edi.

U kishidan boshqa odam bo‘lganida siyosat uchun, nohaqdan bo‘lsa ham ularning yonini olishi mumkin edi. Ammo hazrati Umar roziyallohu anhu bunday qilishlari mumkin emas edi. U kishi ayb­dor kim bo‘lishidan qat’i nazar, uning aybiga yarasha jazosini berish tarbiyasini olganlar. Va shunday qildilar ham.

«Hadis va hayot» kitobining 23-juzidan olindi

Maqolalar