Sayt test holatida ishlamoqda!
25 Iyul, 2025   |   30 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:35
Quyosh
05:12
Peshin
12:35
Asr
17:36
Shom
19:51
Xufton
21:20
Bismillah
25 Iyul, 2025, 30 Muharram, 1447

Vaqt qilichidan ehtiyot bo‘laylik

09.07.2018   3540   3 min.
Vaqt qilichidan ehtiyot bo‘laylik

Vaqt asrashimiz kerak bo‘lgan  eng qimmatli ne’mat. Biz esa uni behuda o‘tkazmoqdamiz.                                                                                  

Dunyoga kelgan har bir insonning umri vaqt davomida to‘xtovsiz o‘tib boradi. Bu dunyodan ketish muddati yetganda dunyoni tashlab ketishdan o‘zga chora qolmaydi. Ketish vaqti esa bugunmi, ertami qachon kelishi insonga noma’lum. Dunyo hayoti bir kundek bo‘lib o‘tib boradi. Chunki kechagi kun o‘tib ketgan kun, ertangi kun esa hali kelmagan. Inson amal qiladigan asosiy kun esa bugunidir. Hikmatli she’rda bu haqda shunday deyilgan:

O‘tmish o‘tib ketdi, kelajak orzu,

Shu turgan oningga qilaver ruju.

O‘tayotgan har bir lahza inson hayoti va umrining bir qismidir. U qiyomat kuni insonning foydasiga yo zarariga guvohlik beradi. Ulamolar o‘tayotgan vaqt haqida shunday deganlar: “Vaqt betaraf bo‘lmaydi, yo senga qadrdon do‘st yoki ashaddiy raqib bo‘ladi”. Ya’ni o‘tgan vaqt insonning yo foydasi, yo zarariga hujjat bo‘ladi.

Hasan Basriy rahmatullohi alayh shunday degan: “Boshlanayotgan har bir kun shunday nido qiladi:Ey odam bolasi, men yangi kunman, sening amalingga guvohman, mendan foydalanib qol, agar o‘tib ketsam, qiyomat kunigacha qaytmayman.

Umrni qadr-qimmat va nafislikda hech narsa ila o‘lchab bo‘lmaydi. Agar ming yilni behuda sarflab, so‘ng tavba qilib, sizga umringizning oxirida saodat nasib etsa, abadul-abad jannatda yashaysiz. Shunda (siz uchun) eng sharafli narsa oxirgi lahzadagi mana shu hayotingiz ekanini bilasiz. Vaqt eng mukammal ne’matdir. Unda hech qanday ayb yo‘q.  Aybdor undan foydalanmayotgan insonning o‘zidir. Shuning uchun  vaqtning qadriga yetgan zohid tobeinlardan biri Omir ibn Abdu Qaysga bir kishi: “Menga biror narsa gapirib bering”, deganida, unga: “Quyoshni ushlab tursang, gapirib beraman” (ya’ni, vaqt to‘xtovsiz o‘tib ketaveradi. Hech ortga qaytgan emas. Uni qo‘ldan boy bergan odam o‘zidan ko‘rsin. Endi uni topolmaydi. Chunki, har bir vaqt o‘z haqiga ega. Kecha qilmagan ishimni bugun qildim-ku, degan odam o‘zini aldayapti xolos. Men vaqtimga xiyonat qilmayman. Xafa bo‘lma, vaqtim yo‘q.) degan ekanlar.

Mo‘min ikki xavotir orasida bo‘ladi: tez o‘tib ketgan kecha va hali kelmagan erta orasida, kechada Alloh taoloning nima qilganini (ya’ni undan amallarini qabul etgan yo etmaganini) bilmaydi, ertaga Alloh taoloning nima hukm qilishini bilmaydi.

Shunga ko‘ra, banda o‘zi uchun o‘zidan foydalanib qolsin, oxirati uchun dunyosidan foydalanib qolsin, qarishidan oldin yoshligidan foydalanib qolsin, o‘limidan oldin hayotidan foydalanib qolsin.

Shunday ekan ey azizlar, sog‘lik, vaqt, aql... ularning hammasi  boylik. Ularning barchasi baxtli bo‘laman degan kishilarga baxt va saodat kaliti. “Vaqt qilichga o‘xshaydi, agar sen uni kesmasang u seni kesadi”.

Alloh taolo barchamizni vaqtning qadriga yetadigan va undan to‘g‘ri foydalanadigan kishilardan qilsin. Zero, omonat umrning qadriga yetadigan zotlar o‘zlarini ham, millatlarini ham, yurtlarini ham manfaatlardan mahrum qilmaydilar. Ana o‘shalar to‘g‘rilikda yuruvchilardir. Alloh taolo barchamizning oqibatlarimizni xayrli qilsin.

 

Manbalar asosida Xo‘jaobod tumani

“Yetti chinor” jome masjidi imom noibi

Muhammadquddus Abdulmannon tayyorladi

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Hadis ilmi maktabiga kirish imtihoni boshlandi

24.07.2025   6791   2 min.
Hadis ilmi maktabiga kirish imtihoni boshlandi

#xabar #kirish_imtihoni #hadis_ilmi_maktabi

Bugun, 24 iyul kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi Hadis ilmi maktabining 2025-2026 o‘quv yili uchun qabul imtihonlari boshlandi. 


Shu munosabat bilan erta tongda Toshkent shahridagi Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf jome masjidida bo‘lib o‘tgan tadbirda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va O‘zbekiston musulmonlari idorasi mutasaddilari, imtihon oluvchi pedagog-o‘qituvchilar, abituriyentlar ishtirok etdi.

 

Dastlab Hadis ilmi maktabi rektori Barot domla Amonov qabul imtihonlarini yuqori saviyada o‘tkazish uchun ko‘rilgan tayyorgarlik ishlari, abituriyentlarga yaratilgan shart-sharoitlar haqida ma’lumot berdi.


Tadbirda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Davronbek Maqsudov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov va Diniy idora raisi o‘rinbosari Muhammadolim domla Muhammadsiddiqov nutq so‘zladi. Notiqlar yurtimizda diniy ta’limga berilayotgan e’tibor haqida so‘z yuritish barobarida qabul imtihonlarida abituriyentlarning bilimlilarini saralab olish asosiy maqsad ekanini alohida ta’kidlashdi. Shuningdek, imtihonlarni shaffof, ochiq va oshkora o‘tkazilishi ta’minlanishiga urg‘u berishdi.  


O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ta’lim va ilmiy-tadqiqot bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Sherzod Cho‘lponov tomonidan ijodiy imtihonni o‘tkazish tartibi va baholash mezonlari tushuntirildi. Shundan so‘ng Qabul hay’ati a’zolari, abituriyentlar va ota-onalar guvohligida imtihon varaqalari solingan va muhrlangan maxsus qoplar ochilib, ijodiy imtihonga start berildi. 


Ma’lumot o‘rnida, bugun “Hadis” va “Mustalahul hadis” fanlaridan og‘zaki ijodiy imtihon o‘tkaziladi. Ertaga, 25 iyul kuni Arab tili va O‘zbekiston tarixi fanlaridan test sinovlari bo‘lib o‘tadi. 


2025-2026 o‘quv yili imtihonlari haqidagi so‘nggi yangiliklarni @qabulmuslimuz telegram sahifasida kuzatib boring. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Hadis ilmi maktabiga kirish imtihoni boshlandi Hadis ilmi maktabiga kirish imtihoni boshlandi Hadis ilmi maktabiga kirish imtihoni boshlandi Hadis ilmi maktabiga kirish imtihoni boshlandi Hadis ilmi maktabiga kirish imtihoni boshlandi Hadis ilmi maktabiga kirish imtihoni boshlandi Hadis ilmi maktabiga kirish imtihoni boshlandi Hadis ilmi maktabiga kirish imtihoni boshlandi
O'zbekiston yangiliklari