Sayt test holatida ishlamoqda!
12 Yanvar, 2025   |   12 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:24
Quyosh
07:48
Peshin
12:36
Asr
15:34
Shom
17:18
Xufton
18:37
Bismillah
12 Yanvar, 2025, 12 Rajab, 1446

Malayziyada Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimlari ma’ruza qilishdi

4.07.2018   2951   2 min.
Malayziyada Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimlari ma’ruza qilishdi

Malayziyada o‘tkazilayotgan “Qo‘lyozmalar va tarixiy hujjatlarga bag‘ishlangan ikkinchi xalqaro konferensiya” o‘z ishini davom ettirmoqda. Bu haqda  "Azon" nashri xabar berdi.

Konferensiyada Quvayt arab ochiq unversiteti professori Muhammad Hassan Tayyon eng nodir qo‘lyozmalarning tadqiq, tahqiq qilish va ularni o‘rganish borasidagi tajriba-tavsiyalarini berish bilan birga Ibn Sino va boshqa yurtimizdan chiqqan allomalarning hayoti va ilmiy  merosi to‘g‘risida fikrlarini bildirdi.

Saudiyaning Podshoh Malik Abdulaziz universiteti qo‘lyozmalar fondi mudiri, Shayx Abdulloh ibn Muhammad al-Munif o‘z so‘zida: O‘zbekistondan ko‘pllab allomalar yetishib chiqqanligi, ularning ma’naviy merosi bugun dunyodagi qo‘lyozma fondlarini oltin xazinasiga aylanganligini ta’kidladi va “Arablar doimo ilm-ma’rifatni qo‘llab quvvatlaydi. Zero, ilm-ma’rifat Makkadan boshlangan. Ammo uning taraqqiyoti va tarqalishida ajamlarning hissasi katta”, – deb ta’kidladi. Shuningdek, Shayx Abdulloh ibn Muhammad al-Munif IBXITMi bilan ilmiy-tadqiqot ishlarida, ma’naviy merosimizni tadqiq etishda amaliy yordamga tayyor ekanligini bildirdi.

Mazkur konferensiya raisi va Malayziya islom ilmlari universiteti professori Najm Abdurahmon o‘zining BAA da 25.000 dan ortiq qo‘lyozmalar saqlanadigan shaxsiy kutubxonasida mavjud asarlar Movarounnahr ulamolarining asarlari qo‘lyozmalari ekanligini aytib, Imom Buxoriy, Imom Termiziy va Abdulhamid Keshiylarning hadis ilmi rivojida tutgan o‘rni va ularning ilmiy meroslari eng nodir qo‘lyozmalardan ekanini ta’kidladi va: “Men umrimni Imom Buxoriy asarlarini jamlashga sarfladim. Bir sahifa ma’lumot topsam, albatta uni o‘z shaxsiy fondimga kiritdim. Muhaddisning hayoti va merosiga oid yetti mujallad asar yaratdim”, – dedi.

Shuningdek, IBXITM vakillari direktor o‘rinbosari Sh. Umarov “Movarounnahrlik mashhur muhaddislar hayoti va ilmiy merosi” mavzusida chiqish qildi. Ma’ruza anjuman ishtirokchilari tomonidan diqqat bilan tinglandi va mavzuga oid savol-javoblar bo‘lib o‘tdi.

O‘MI Matbuot xizmati

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar
Maqolalar

To‘lamagan yo‘lkiralarimni qanday ado etaman?

10.01.2025   4459   1 min.
To‘lamagan yo‘lkiralarimni qanday ado etaman?

Cavol: Kollejda o‘qib yurgan vaqtlarimda ba’zan avtobusdan yo‘lkirani bermasdan tushib ketardim. Bu ishning og‘ir gunoh ekanini anglab yetdim. Buni qanday to‘g‘rilasam bo‘ladi? Taxminiy hisoblab, sadaqa qilsam bo‘ladimi?

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Siz bu ishingiz uchun avvalo istig‘for aytib, tavba qilasiz. To‘lamagan yo‘lkiralaringizni taxminiy hisoblaysiz hamda o‘zingiz foydalangan avtobuslar boshqarmasidan yo‘lkiralar to‘lanadigan hisob raqamlari bo‘lsa, qarzlaringizni shunga o‘tkazib qo‘yasiz va shu bilan zimmangizdagi yukdan qutilasiz, inshaalloh. Agar ularda bunday imkoniyat bo‘lmasa, sadaqa qilib yuborasiz.

Shuni yodda tutish lozimki, birovlarning haqlari eng avvalo egasiga qaytarish shart bo‘ladi. Egasi yoki uning merosxo‘rlarini topishning iloji umuman bo‘lmagandagina uning nomidan sadaqa qilinadi. Vallohu a’lam.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.

Maqolalar