Haj ulug' ibodatdir. Uning sharafiga Haj surasi ham nozil bŭlgan. Besh arkon ichida nomiga sura nozil bŭlgan yagona ibodat hajdir. Ushbu muborak surada haj ibodati, uning tarixi, fazilati, foĭ dalari va mazmun-mohiyati haqida quĭidagi oyatlar tushgan: «Esla, Biz Ibrohimga Baytning joyini bel gilab berdikki: “Menga hech narsani sherik qilma, Baytimni tavof qilguvchilar, (ibodatda) qoim turguvchilar hamda ruku, sujud qilguvchilar uchun poklagin. Odamlarni hajga chaqir, ular sen tomon uzoquzoq yo'llardan piyoda yurib, ozg'in ulovlar ustida kelurlar. Toki o'zlariga bo'ladigan manfaatlarga shohid bo'lsinlar va ma'lum kunlarda ularga rizq qilib bergan chorva hayvonlari uzra Allohning ismini zikr qilsinlar. Bas, ulardan englar, bechora va faqirlarga ham egizinglar. So'ngra o'zlaridagi kirlarni ketkazsinlar, nazrlariga vafo qilsinlar va “Baytul'atiyq”ni tavof qilsinlar»(Haj surasi, 26–29-oyatlar).
Mŭ'tabar kitoblarimizda hajning juda kŭp hikmatlari borligi aĭtiladi. Ular orasida eng asosiĭ lari quĭidagilar: bandalikni bildirish; nafsni tarbiyalash; nafsni foĭdali ishlarga ŭrgatish; taqvo hosil qilish; sabr-bardoshga ŭrgatish; shukrga ŭrgatish; safardan ibrat olish; ëmonlikdan saqlanishga kŭnikma hosil qilish; ulfatchilik tamoĭillarini namoyën qilish; tanishuv; vaqtni qadrlashni ŭrganish; tartibga ŭrganish; insonni ehtirom qilish; zikrlarga odatlanish; shaĭtonning dushman ekanini esga olib, uni hech qachon unutmaslik va boshqalar.
“Haj” sŭzi lug'atda qasd qilish ma'nosini anglatadi. Qasd qilish bŭlganda ham, ulug' narsani qaĭta-qaĭta va takror qasd qilish ma'nosini ifoda qiladi.
Shar'iy istilohda esa haj ma'lum vaqtda, ma'lum makonda, ma'lum ibodatlarni niyat bilan ado etishdir. Keling, yana ham tushunarli bŭlishi uchun hajning istilohiĭ ma'nosini chuqurroq ŭrganaĭlik.
“Ma'lum vaqt” deĭilganda, haj ibodati ma'lum vaqtda ado etilishi tushuniladi. Ha, boshqa ibodatlar kabi hajning ham muaĭyan vaqtlari bor. Uning vaqtlari fiqh kitoblarida batafsil bayën qilingan. Zulhijja oĭining tŭqqizinchi kuni Arafotda turish uning bosh rukni hisoblanadi. U erda bundan boshqa vaqtlarda har qancha tursa ham, haj hisoblanmaĭ di.
“Ma'lum makon” deganda, miĭqotlar, Masjidul Haram, Arafot, Muzdalifa, Mino kabi joĭlar nazarda tutiladi. Mazkur joĭlardan boshqa erda haj ibodatini ado etish mumkin emas. Yuqoridagi makonlarga tegishli hukmlar fiqh kitoblarimizda bayën qilingan.
“Niyat bilan ado etish” deganda, hajning ŭziga yarasha niyati borligi tushuniladi. Haj ëki umra qilayëtgan inson uni amalga oshirishdan oldin Alloh taologa qurbat hosil qilishni va ta'ĭin qilingan ibodatini niyat qiladi. Alloh taologa yaqin bŭlishni niyat qilgan zahoti bu odat emas, ibodat ekanini his etadi. Zero, niyat odat bilan ibodat ŭrtasini ajratib beradi. Taĭin qilingan ibodatni niyat qiladi, degan ibora hojining haj ëki umrasi qaĭsi turdan ekanini ajratib beradi. Ya'ni, niyat bilan qilayëtgan amali farz, nazr, nafl ëki badal ibodatlardan biriga taĭin topadi.
“Ma'lum ibodatlar”. Bunda ehrom, Ka'bani tavof qilish, Safo va Marva orasida sa'ĭ qilish, Arafotda turish, Muzdalifada tunash, shaĭtonga tosh otish kabi amallar kŭzda tutilgan. Haj ibodati ahli ayëli ehtiyëjidan ortiqcha mablag'i bor, sog'lom va omonlikdagi xotirjam musulmonga umrida bir marta farz bŭladi. Hajda bajariladigan amallar farz, vojib, sunnatga bŭlinadi. Farz amallari qat'iyan ado etilishi shart bŭlgan amallar bŭlib, birortasi ado etilmasa, haj qabul bŭlmaĭdi. Yana boshqatdan haj qilishi lozim bŭladi. Vojib amallarning qilinishi zaruriĭ amallar bŭlib, birortasini ado etilmasa, bundaĭ ibodat nuqsonli hisoblanadi va shu sababli jonliq sŭĭ ish vojib bŭladi.
Hajda sunnat va mustahab amallarini bajargan kishi savob oladi, ibodati mukammal bŭladi, agar qilmasa, gunohkor bŭlmaĭdi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy
Nuriddin domla Holiqnazarovhazratlarining
"Haj buyuk ibodatdir" nomli kitoblaridan olindi.
Bugungi globallashuv davrida axborot tarqatish tezligi beqiyos darajada oshdi. Internet, ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalari orqali tarqatiladigan ma’lumotlar jamiyatning turli qatlamlariga kuchli ta’sir ko‘rsatmoqda. Afsuski, bu imkoniyatlar ba’zan milliy nizo va diniy bo‘linishga sabab bo‘ladigan axborot tarqatish uchun ham ishlatiladi. Bunday xatti-harakatlar jamiyat birdamligi va barqarorligiga jiddiy tahdid soladi.
Destruktiv, ya’ni buzg‘unchi, nizoli axborot tarqatishning asosiy xatarlari quyidagilar:
1. Jamiyatda adovat va nafrat uyg‘otish. Millatlar va diniy konfessiyalar o‘rtasida adovatli axborot tarqatish jamiyatda nafrat uyg‘otadi. Bunday ma’lumotlar odamlar o‘rtasida ishonchsizlikni kuchaytiradi, o‘z navbatida, ijtimoiy birdamlikka putur yetkazadi;
2. Jamoat xavfsizligini buzish. Milliy va diniy bo‘linishga sabab bo‘ladigan axborot jamoat tartibining buzilishiga olib keladi. Natijada tartibsizliklar yoki hatto mojarolar kelib chiqishi mumkin;
3. Beqarorlikni kuchaytirish. Destruktiv axborotlar boshqaruv va hokimiyat tizimlarini zaiflashtirishi mumkin. Milliy va diniy bo‘linish davlat barqarorligiga tahdid soladi, chunki aholi o‘rtasidagi ziddiyatlar boshqaruvga salbiy ta’sir ko‘rsatadi;
4. Yosh avlodga salbiy ta’siri. Bunday axborotlar yoshlar o‘rtasida millatchilik yoki diniy radikalizmga moyillikni kuchaytirishi mumkin. Bu esa kelajak avlodni ham buzilishga olib keladi.
Sabab va oqibatlar
Milliy nizo va diniy bo‘linishga sabab bo‘ladigan axborotlar aksar hollarda uydirmalar, yolg‘on yangiliklar yoki atrofdagi voqealarning bo‘rttirilishi orqali tarqatiladi. Bu axborotlar quyidagi oqibatlarga olib kelishi mumkin:
Qanday choralar ko‘rish kerak?
1. Axborot iste’moli madaniyatini shakllantirish. Har bir shaxs tarqatilayotgan ma’lumotning haqiqiyligini tekshirish madaniyatini o‘zida shakllantirishi zarur;
2. Qonunchilikka rioya qilish va javobgarlik. Milliy nizo va diniy bo‘linishga sabab bo‘ladigan axborot tarqatgan shaxslarga nisbatan qonuniy choralar ko‘rilishi muhim;
3. Ta’lim va tarbiya orqali ongni oshirish. Maktab va oliy ta’lim muassasalarida axborot xavfsizligi va jamiyatga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan ma’lumotlarni tanqidiy baholash bo‘yicha bilim berish kerak;
4. Ijtimoiy tarmoqlar tahlili. Ijtimoiy tarmoqlarda yoyilayotgan axborotlarni tahlil qilib, zararli kontentlarni tezkorlik bilan aniqlash mexanizmlarini ishga tushirish zarur.
Xulosa
Milliy va diniy bo‘linishga sabab bo‘luvchi axborot tarqatish nafaqat jamiyat, balki mamlakatlar barqarorligiga katta tahdid soladi. Har bir fuqaro va jamoat tashkilotlari bunday xatti-harakatlarning oldini olishda o‘z hissasini qo‘shishi zarur. Axborot tarqatish madaniyatini shakllantirish orqali, jamiyatda tinchlik va barqarorlik ta’minlanadi.
Shermuhammad Boltayev,
Xorazm viloyati, Hazorasp tumani, "Shayx Qosim bobo" jome masjidi imom-xatibi.