Musulmon dunyosi ligasi tashkilotining bosh kotibi doktor Muhammad bin Abdulkarim al-Issa Italiyaning Florensiya shahrida o‘tkazilgan Galileo xalqaro mukofoti bilan taqdirlandi. Bu haqda arabnews.com zabar berdi.
Ushbu mukofot Galileo fondi tomonidan ta’sis etilgan bo‘lib, janob Al-Issaga Islom dini va boshqa tamaddunlar o‘rtasida totuvlikni ta’minlashdagi xizmatlari uchun topshirilgan.
Ma’lumot uchun, Galileo Galiley nomidagi mukofot insoniyatning ilg‘or fikrlari uchun taqdim etiladigan mukofot bo‘lib, mukofotning tashkiliy qo‘mitasi Italiyada faoliyat olib boradi.
O‘MI Matbuot xizmati
Cavol: Sajdai sahv qilish uchun salom berishda bir tomonga salom beriladimi yoki ikki tomongami?
Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Har ikkisi ham to‘g‘ri. Ya’ni namozxon sajdai sahv qilishda bir tomonga salom bersa ham, ikki tomonga salom bersa ham to‘g‘ri ish qilgan bo‘ladi. Chunki fuqaholarimiz har ikki holatni sahih — to‘g‘ri deb fatvo berishgan. Ayrim fuqaholar yolg‘iz namoz o‘qiyotgan kishi – ikki tomonga salom berishi, imom esa – bir tomonga salom berishi yaxshidir, deganlar. Chunki imom ikki tomonga salom bersa, ergashuvchilarning ba’zisi namoz tugallandi deb o‘ylab namozga zid hatti-harakat sodir etishi mumkin, deyishgan (“Durarul hukkam” kitobi). Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.