Qirg‘izistonning poytaxti Bishkek shahrida qurilayotgan baland binolarning birida ishlayotgan kran boshqaruvchisi o‘z ish o‘rnini tark etmasdan namoz o‘qishi tasvirlangan videolavha internet tarmog‘ida tarqaldi. Bu haqda Sputnik nashri ma’lum qildi.
Videolavhada kran boshqaruvchisi 12-13 qavatli bino balandligida turib namoz o‘qigan.
Internet foydalanuvchilarining ba’zilari buni uchun kran boshqaruvchisini maqtagan bo‘lsa boshqalar uning xavfsizlik texnikasini buzganlikda ayblashgan.
Ushbu lavhani quyida ko‘rishingiz mumkin.
https://youtu.be/Y-kWyHaEfcw
O‘MI Matbuot xizmati
Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: “Insonlarning Allohga eng sevimlisi - ularga eng ko‘p foyda keltiruvchisidir”.
Imom Shofe’iy rahmatullohi alayh aytdilar: “Haqiqiy inson o‘zgalarga shodlikda ham, qiyinchilikda ham vafo ila mudom yordam berganidir.
Insonlar orasida eng karamlisi – boshqalarning ehtiyojlarini qondirgan kishidir.
Ehson qo‘lini hojatmand kimsadan uzma. Zero, ma’lumdirki, kim insonlarning ehtiyojini qondirishda davom etsa, kunlar uning sharafini qayta-qayta tasdiqlaydi. Allohning senga bergan ushbu fazliga shukr qil. Zero, seni o‘zgalar uchun hojatbaror qildi, seni o‘zgalarga muhtoj etmadi.
Ko‘pchilik odamlar o‘tdilar, ammo ularning fazilatlari halizamon barhayot, yana kimlardir hayot, ammo ular odamlar orasida go‘yoki o‘lik kabi”.
Homidjon domla ISHMATBЕKOV