Nigeriya mahalliy politsiyasining xabar berishicha 22 iyun kuni sodir bo‘lgan kelishmovchiliklar natijasida 86 kishi halok bo‘lgan va 50 dan ortiq turar joy binolari vayron qilingan. Fulani cho‘ponlari va Berom dehqonlari o‘rtasida kelib chiqqan mojaroga jahon ommaviy axborot vositalari tomonidan diniy tus berilmoqda va bu holat uzoq yillardan buyon nma yon yashab kelgan nigeriyalik musulmon va nasroniy jamoalari o‘rtasidagi qarama qarshiliklarni keskinlashtirmoqda.
Aslida voqelik cho‘ponlarning qoramollari fermerlar yeriga kirib ketgani va buning natijasida bir muncha hosilning toptalgani oqibatida tortishuv kelib chiqqan. BBS singari ommaviy axborot vositalari ta’kidlagan Liviyadan olib kirilgan qurol-yaroqning aralashuvi ayanchli yakunlangan.
G‘arb mamlakatlari tomonidan Liviyada notinchlik va fuqarolar urushining sun’iy yaratilishi, ushbu hududni boshqarib bo‘lmas darajaga keltirdi. Buning oqibatida esa G‘arbda ishlab chiqarilgan qurol-yaroqlar savdosi uchun qulay sharoit paydo bo‘ldi. Ko‘rib turibsizki qariyb 190 millionlik aholisi bo‘lgan Nigeriya zaminida ushbu aslahalar yordamida diniy mojarolar yaratildi.
O‘MI Matbuot xizmati
Shu yil 9 yanvar kuni Farg‘ona viloyati bosh imom-xatibi Ubaydulloh domla Abdullayev boshchiligida vakillik xodimlari, shahar-tuman bosh imom-xatiblari va iqtidorli imomlar ishtirokida tuzilgan ishchi guruh O‘zbekiston tumaniga tashrif buyurdi.
Dastlab tumandagi 7 ta masjid va 7 ta mahallada, shuningdek, “Haj — 2024” ziyoratchilari va mahalla fuqarolar yig‘ini raislari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazilib, amaliy tadbir rejasi tuzildi.
Ishchi guruh a’zolari va imom-xatiblarga biriktirilgan mahalla hududidan “Haj – 2024” ziyoratchisini ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarga jalb etdi. Birgalikda mahallaning eng kamida 3 tagacha muammoli xonadoniga kirib, u yerda yashayotganlardan hol-ahvol so‘radi. Ularning muammolarini o‘rgandi, taklif, fikr-mulohazalarini tingladi. Imom-xatiblar 22 ta oilaga kirib, ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot va amaliy yordam tadbirlarini olib bordi.
Shuningdek, tumandagi "Qudash" muruvvat uyiga tashrif buyurilib, tashrif chog‘ida muruvvat uyida yashovchi imkoniyati cheklangan, mehr-muruvvatga muhtojlarni holidan xabar olinib, muruvvat uyi uchun maishiy texnika va maishiy jihozlar hamda boshqa turdagi zaruriy ashyolar xayriya qilindi.
Shu bilan birga, muruvvat uyida "Yashil makon" dasturi doirasida 100 tup mevali va manzarali ko‘chatlar ekildi.
Tumanning "Bog‘i Eram" mahallasida yashovchi kam ta’minlangan oilaga homiylar ko‘magi bilan zamonaviy qulay sharoitlarga ega bir xonalik uy qurib berildi. Ishchi guruh mazkur xonadonga tashrif buyurib, xonadon egalari bilan muloqot qildi.
Peshin namozi so‘ngida masjidlarda jamoatga ma’ruza qilinib, odamlarga manfaat yetkazishning fazilati, ofiyat ulkan ne’mat ekani, yoshlar tarbiyasi doimiy e’tibor markazda bo‘lishi zarurligi, bu borada ota-onalarning o‘rni haqida ilmiy va hayotiy misollar yordamida tushuntirildi.
Masjidlar va imomlar faoliyati ko‘zdan kechirildi hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan kerakli tavsiyalar berildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Farg‘ona viloyati vakilligi
Matbuot xizmati