Alloh taolo Qur’oni karimda shunday marhamat qiladi:
“Ey Muhammad, ayting agar duo, iltijo qilmas ekansizlar Parvardigor sizlarga parvo qilmas” (Furqon surasi, 77-oyat).
Basra ahli Ibrohim ibn Adham bilan uchrashishganda: “Bizga nima bo‘lganki, duo qilamizu ijobat etilmaydi, deb so‘rashdi. Shayx shunday javob qildilar: Duolaringiz qabul bo‘lmasligining sababi, qalblaringiz o‘nta narsadan o‘lgandir:
– Allohni taniysizu, biroq uning haqqini ado etmaysiz.
– Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamni sevaman deysizu, ammo sunnatlarini tark etasiz.
– Qur’on o‘qiysizu, lekin unga amal qilmaysiz.
– Alloh ne’matlarini yeysizu, biroq ularni shukrini ado etmaysiz.
– Shaytonni dushmaningiz deysizu, ammo u bilan murosa qilib kelishasiz.
– Jannatni haq bilasizu, ammo unga kirish yo‘lida solih amal qilmaysiz.
– Do‘zaxni haq bilasizu, biroq undan qochmaysiz.
– O‘limni haq bilasizu, biroq unga tayyorgarlik ko‘rmaysiz.
– Odamlarning aybi bilan mashg‘ul bo‘lasizu, ammo o‘z aybingizni unitasiz.
Alloh taoloni tanimagan, g‘aflat uyqusida yotgan qalb egalarining duosi qabul bo‘lmaydi.
Ibn Umar (roziyalohu anhu)dan rivoyat qilindi: Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: “Kim duosini qabul bo‘lishini va g‘amlaridan forig‘ bo‘lishni istasa, muhtoj kimsalarga yordam bersin”, dedilar.
Sa’d ibn abu Vaqqos (roziyallohu anhu) duolarim nimaga ijobat bo‘lmayotganligi xususida savol qildi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytdilar: “Ey, Sa’d haromdan saqlan, chunki qorningga bir luqma harom kirsa ham bandaning duosi qirq kungacha qabul bo‘lmaydi”, deb javob berdilar.
Ibn Abbos (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: “Uchta kishining namozi bir qarich ham boshidan tepaga ko‘tarilmaydi:
Alloh taolo barchamizni duolarimiz ijobat bo‘lishligini nasib qilsin!
Oybek MA’RUPOV
“Ko‘kaldosh” o‘rta maxsus islom bilim yurti talabasi
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati