Sayt test holatida ishlamoqda!
26 Iyun, 2025   |   1 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:06
Quyosh
04:51
Peshin
12:31
Asr
17:41
Shom
20:03
Xufton
21:42
Bismillah
26 Iyun, 2025, 1 Muharram, 1447

Sunnatga amal qilishda olimlardan o‘rnak olaylik

24.06.2018   6285   2 min.
Sunnatga amal qilishda olimlardan o‘rnak olaylik

Salaf solihlarning hayotiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, ular sunnatga amal qilish borasida bizlarga go‘zal namuna bo‘lishgan.

Ahmad ibn Hanbal rahmatullohi alayh: "Qaysi hadisni yozib olgan bo‘lsam, unga amal qilganman", deganlar. Shuni eslatib otish lozimki u kishi yig‘gan hadis to‘plamidagi hadislarnng soni 40 minga yetadi. Demak shuncha hadisga amal qilganlar degani, kelib chiqadi.

Sunnatga amal qilish borasida Ahmad ibn Hanbal: "Agar payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam sochlarini mana bunday qirganlar, degan ma’nodagi hadisni eshitsang, sochingni bir tolasini bo‘lsa ham xuddi payg‘ambarimiz qirganlaridek qirgin ", deganlar.

Inson bir kun bo‘lsada o‘z suyukli payg‘ambari bilan birga yashab, so‘zida, amalida, yurish -turishida, insonlar bilan bo‘lgan muomilasida, unga ro‘paro bo‘lgan muammoni yechimida u zotdan o‘rnak olib, sunnatlariga ergashib yashasa qanday ham ulug‘ baxt bo‘ladi. Axir nimaga ulug‘ baxt bo‘lmas ekan, u insoniyatning afzali bo‘lmish payg‘ambarimizdek ulug‘ zotga o‘xshab yashashga urundi, u zot qilgan ishlarni qildi. Agar shuni baxtu saodat demasak unda nimani baxt deyish mmkin?!

Sizchi, siz aziz dindosh birodarim? Bir sinab ko‘ring! Hech bo‘lmaganda umringizning bir kunini Olamlarga rahmat bo‘lib kelgan zot payg‘ambarimizdek o‘tkazing!

Valiy zotlardan biri uyiga kelganida ayoli xomush bo‘lib, "Uyimizda hechvaqo qolmadi", deganda haligi valiy zot xursand bo‘lib Allohga hamd aytgan ekan.  Bu holatdan ajablangan ayoli: "Uyda hech vaqo qolmadi desamu, sizning xursand bo‘lishingiz nimasi", deb so‘rabdi. Valiy zot ko‘zida quvonch yoshlari bilan: "Allohga shukrki bir kun bo‘lsada uyimiz payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning uylariga o‘xshadi", degan ekan.                        

 

Nurmuhammedova Vasila

Siyrat va islom tarixi
Boshqa maqolalar

Ashuro kuni ushbu 2 amalni bajarishni unutmang!

23.06.2025   4391   1 min.
Ashuro kuni ushbu 2 amalni bajarishni unutmang!

G‘aflatda qolmang! Ertaga Ashuro kuni: Ro‘za tutishni va oilangizga kengchilik qilishni unutmang!


Ashuro kuni ro‘za tutish o‘tgan bir yillik gunohlarga kafforat bo‘ladi.

Bu haqda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: Ashuro kunining ro‘zasi Allohdan umid qilamanki bir yil oldingi gunohlarga kafforat bo‘ladi”, deganlar (Imom Muslim rivoyati).

Esda tuting! Muharram oyining yolg‘iz o‘ninchi kunida emas, bu kunga qo‘shib, bir kun oldingi yoki bir kun keyingi kunda ham ro‘za tutish lozim.

 

Ashuro kuni yaqinlarga kengchilik qilish – bir yillik kengchilikka sabab bo‘ladi.

Abu Sa’d roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Nabiy alayhissalom: Kim Ashuro kuni ahli ayoliga hadya ulashsa, Alloh yilning barchasida unga ham hadya ulashadi”, dedilar (Imom Bayhaqiy rivoyati).

Sufyon ibn Uyayna rahmatullohi alayh: “Bu hadisni oltmish yil tajriba qildim va faqatgina yaxshilik ko‘rdim”.

 

Davron NURMUHAMMAD