Sayt test holatida ishlamoqda!
13 Avgust, 2025   |   19 Safar, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:02
Quyosh
05:30
Peshin
12:33
Asr
17:22
Shom
19:29
Xufton
20:50
Bismillah
13 Avgust, 2025, 19 Safar, 1447

Rajab oyi: Ali roziyallohu anhuning tavsiyalari

23.01.2024   1034   4 min.
Rajab oyi: Ali roziyallohu anhuning tavsiyalari

Hazrati Ali roziyallohu anhu aytadilar: “Rajab oyida istig'for aytishni ko'paytiring. Chunki bu oyning har bir soatida do'zaxdan ozodlik bor”(Daylamiy rivoyati. Al-Firdavs (81/1. 247).

Bu oyda solihlar istig'for aytishni ko'paytirardilar. Ular ayniqsa ushbu istig'forni ko'p takrorlardilar:

أَسْتَغْفِرُ اللّهَ ذَاَ الْجَلالِ وَالإكْرَامِ مِنْ جَمِيعِ الذُّنُوبِ وَالآثَامِ

O'qilishi:“Astag'firulloha zal Jalaali val Ikraam min jamiy'iz zunuubi val asaam”.

Ma'nosi: Zul Jalol val Ikrom – Allohdan barcha gunoh va xatolarim uchun mag'firat so'rayman.

Hofiz Kamoliddin Damiriy rahimahulloh Ibn Abbos roziyallohu anhudan marfu' rivoyat qilingan ushbu xabarni keltiradi: “Kim rajab va sha'bon oyida

اَسْتَغْفِرُ اللهَ الْعَظِيْمَ الَّذِى لَااِلَهَ اِلاَّ هُوَ الْحَيُّ الْقَيُّوْمُ وَاَتُوْبُ اِلَيْهِ تَوْبَةَ عَبْدٍ ظاَلِمٍ لَايَمْلِكُ لِنَفْسِهِ ضَرًّا وَلَانَفْعًا وَلَامَوْتًا وَلَاحَيَاةً وَلَانُشُوْرًا

 “Astag'firullohal a'ziym allaziy laa ilaha illa huval hayyul qayyum va atuubu ilayhi tavbata 'abdin zoolimin laa yamliku linafsihi zorran va laa naf'an va laa mavtan va laa hayaatan va laa nushuuron” duosini etti marta takrorlasa Alloh taolo ikki vakil qilingan farishtaga uning gunoh sahifalarini o'chirib yuborishni buyuradi”.

Qisqa istifg'or kalimalari:

أَسْتَغْفِرُ اللهَ

O'qilishi: “Astag'firulloh”.

أَسْتَغْفِرُ اللهَ وَأَتُوبُ

O'qilishi: “Astag'firulloha va atuubu ilayh”.

أَستغفِرُ اللهَ الَّذي لا إلَهَ إلَّا هو الحيُّ القيُّومُ وأَتوبُ إليه

O'qilishi: “Astag'firullohallaziy laa ilaaha illaa huval hayyul qayyum va atuubu ilayhi”.

رَبِّ اغْفِرْ لِي وَتُبْ عَلَيَّ إِنَّكَ أَنْتَ التَّوَّابُ الرَّحِيمُ.

O'qilishi: “Robbig'fir liy va tub 'alayya innaka antat tavvaabur rohiym”.

سُبْحَانَكَ وَبِحَمْدِكَ أَسْتَغْفِرُكَ وَأَتُوبُ إِلَيْكَ

O'qilishi: “Subhaanaka va bihamdika astag'firuka va atuubu ilayk”.

سُبْحَانَكَ اللَّهُمَّ وَبِحَمْدِكَ أَشْهَدُ أَنْ لاَ إِلَهَ إِلاَّ أَنْتَ أَسْتَغْفِرُكَ وَأَتُوبُ إِلَيْكَ

O'qilishi: “Subhaanakallohumma va bihamdika ashhadu allaa ilaaha illaa anta astag'firuka va atuubu ilayk”.

اللَّهُمَّ إِنَّكَ عُفُوٌّ كَرِيمٌ تُحِبُّ الْعَفْوَ فَاعْفُ عَنِّي

O'qilishi: “Allohumma innaka afuvvun kariymun tuhibbul afva fa'fu 'anniy”.

أَللَّهُمَّ مَغْفِرَتُكَ أَوْسَعُ مِنْ ذُنُوبِي وَرَحْمَتُكَ أَرْجَى عِنْدِي مِنْ عَمَلِي

O'qilishi: “Allohumma mag'firotuka avsa'u min zunuubiy va rohmatuka arjaa 'indiy min 'amaliy”.

أسْتغفرالله ربي من كلّ ذنبٍ وأتوبُ إليه

O'qilishi: “Astag'firulloha Robbiy min kulli zanbin va atuubu ilayh”.

Davron NURMUHAMMAD

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Videolar

Ota-ona mukarram

13.08.2025   260   1 min.

Hasan domla Kenjayev

Urganch shahar bosh imom-xatibi

VIDEO