Qozog‘iston hududida saqlanib qolgan, musulmonlarga tigishli bo‘lgan eng qadimiy masjid restavratsiya qilindi. Bu haqda «Islamosfera» nashri xabar tarqatdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Jambul viloyatining Taraz shahrida joylashgan masjid restavratsiyadan so‘ng ajoyib sayyohlik obyektiga aylandi.
Qozog‘iston musulmonlari idorasining sobiq rahbari Abdusattor Derbisalining aytishiga qaraganda, qadimiy Taraz shahrini Qozog‘istonning Islom poytaxti deyish mumkin.
Taxminiy hujjatlarga qaraganda, masjid VII asrda bunyod etilgan.
O‘MI Matbuot xizmati
Cavol: Sajdai sahv qilish uchun salom berishda bir tomonga salom beriladimi yoki ikki tomongami?
Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Har ikkisi ham to‘g‘ri. Ya’ni namozxon sajdai sahv qilishda bir tomonga salom bersa ham, ikki tomonga salom bersa ham to‘g‘ri ish qilgan bo‘ladi. Chunki fuqaholarimiz har ikki holatni sahih — to‘g‘ri deb fatvo berishgan. Ayrim fuqaholar yolg‘iz namoz o‘qiyotgan kishi – ikki tomonga salom berishi, imom esa – bir tomonga salom berishi yaxshidir, deganlar. Chunki imom ikki tomonga salom bersa, ergashuvchilarning ba’zisi namoz tugallandi deb o‘ylab namozga zid hatti-harakat sodir etishi mumkin, deyishgan (“Durarul hukkam” kitobi). Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.