Avvalroq, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari Qozog‘istonning Chimkent shahrida “Qozog‘iston – O‘zbekiston: diniy aloqalarining yangi bosqichi” mavzusidagi xalqaro forumda o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etganlari haqida xabar bergan edik.
Bugun, 20 iyun kuni Muftiy hazratning Qozog‘iston Respublikasiga tashrifi dasturidan turli uchrashuv va tadbirlar o‘rin olgan. Shunday uchrashuvlardan biri Turkiston viloyati hokimi bilan o‘tkazildi.
Turkiston hokimi Tajibek Musayev Muftiy hazratlarini yuqori ehtirom bilan kutib olib, Turkiston shahrining diqqatga sazovor joylari va ziyoratgohlarini ko‘zdan kechirdilar.
Muftiy hazrat Ahmad Yassaviy qadamjosini ham ziyorat qildilar va u kishining ruhlariga bag‘ishlab Qur’on tilovati qilindi.
Ma’lumotlar uchun, Qozog‘iston Prezidenti Chimkent shahriga respublika ahamiyatiga ega shahar maqomini berishni ko‘zda tutuvchi farmonni imzolagan edi. Ushbu farmon bilan JAnubiy Qozog‘iston viloyati nomi Turkiston viloyatiga o‘zgartirilib, Turkiston shahri uning ma’muriy markaziga aylantirildi.
O‘MI Matbuot xizmati
Muhyiddin ibn Arabiy aytadilar: “Kimning qanday hojati bo‘lsa, shom namozining farz va sunnatini o‘qib bo‘lganidan keyin o‘rnidan turmasdan Fotiha surasini 40 marta o‘qisin. Shundan keyin, Allohdan hojatini so‘rasin, albatta so‘ragan narsasini beradi. Biz buni tajriba qilib ko‘rdik va foydasini topdik. Fotiha surasini o‘qib bo‘lganidan so‘ng ushbu duoni o‘qiydi: “Allohim! Sening ilmingni o‘zi Sendan so‘ramaslikka kifoya. Fotiha surasining haqqi hurmatidan O‘zing so‘rovimga kifoya qil. Sening karamingni o‘zi Senga so‘zlamaslikka kifoya. Fotiha surasining haqqi hurmatidan so‘zimga kifoya qil va qalbimdagi tilagimni hosil qil”.
Homidjon domla ISHMATBЕKOV