O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari bugun, 19 iyun kuni Qozog‘istonning Chimkent shahrida “Qozog‘iston – O‘zbekiston: diniy aloqalarining yangi bosqichi” mavzusidagi xalqaro forumda o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.
Ushbu forum Qozog‘istonda 2018 yilni “O‘zbekiston yili” deb e’lon qilinishi doirasida o‘tkazilmoqda.
Forumda Qozog‘iston musulmonlari idorasi Bosh muftiysi Serikbay hoji Oraz, diniy boshqarmaning boshqa rahbarlari, Chimkent viloyati hokimi, Qozog‘istonning joylardagi Bosh imom-xatiblari ishtirok etdi.
O‘MI Matbuot xizmati