Alloh taoloning rizoligi hamda farzandlarni tarbiyalash masalasining o‘ta muhimligini inobatga olgan holda O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan mamlakatimiz musulmonlarining diniy-ma’rifiy, tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan kitoblarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida ko‘plab avval chop etilgan kitoblar audio formatda taqdim etilishi yo‘lga qo‘yildi.
Uzoq yo‘lga otlangan, oilaviy kitob o‘qishni xush ko‘ruvchi muxlislar e’tiboriga O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlarining "Oilada farzand tarbiyasi" nomli kitobining audio shaklini taqdim etamiz. Ushbu audiokitobning ko‘rish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan musulmonlar uchun ham birdek foydali va oson ekani uning ahamiyatini yanada oshiradi.
Ushbu audiokitobni "Sinema market" do‘konlari tizimidan xarid qilishingiz mumkin.
Eslatma: Ushbu kompakt-disk faqat uy sharoitida tinglash uchun litsenziyalangan. Undan nusxa ko‘chirish, tarqatish va eshittirish qat’iyan taqiqlangan.
1. Oila Muqaddasdir
O‘MI Matbuot xizmati
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Albaniyaning Tirana shahrida o‘tkazilayotgan Islom birdamligi sport assotsiatsiyasi (ISSA)ning 13-Bosh assambleyasida milliy sportimiz kurash 2025 yili Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida tashkil etiladigan Islom birdamlik o‘yinlari dasturiga kiritilgani e’tirof etildi.
Dunyoning ko‘plab davlatlaridan delegatlar, sport tashkilotlarining mutasaddilari, xalqaro sport federatsiyalarining rahbarlari qatnashib, Islom birdamlik o‘yinlari tizimidagi sport turlari, texnik-taktik jihatlar, musobaqalar taqvimi ko‘rib chiqildi, muhokama qilindi.
Assambleyada delegatlarning taklifi va qo‘llab-quvvatlashi natijasida o‘zbek sporti - kurash Islom birdamlik o‘yinlari tizimidan joy olgani e’lon qilindi.
Assambleya yig‘ilishi doirasidagi tadbirlarda Xalqaro kurash assotsiatsiyasi rahbariyati ISSA mutasaddilari bilan kurashni xalqaro maydonda rivojlantirish, uning ommaviyligini ta’minlash borasida fikrlashildi.
Muhokamalar jarayonida IKA va ISSA texnik vakillari kurash musobaqalariga tegishli masalalar, xususan vazn toifalari, hakamlik, qur’a tashlash, translyatsiya, jihozlar, inventarlar va boshqa texnik tafsilotlar borasida ishchi guruh yig‘ilishini o‘tkazish lozimligini ta’kidladi. Kelishuvlarga erishildi.
Ota-bobolarimizdan meros kurashning sport turi sifatida xalqaro maydonda ommalashayotgani, qamrovi yildan yilga kengayayotgani barchamizga cheksiz iftixor bag‘ishlashi shubhasiz. Islom birdamlik o‘yinlari tizimidagi rasmiy sport turlaridan biri bo‘lgani esa Olimpiada sari tashlangan muhim qadam, deyish mumkin.