Avvalroq, Toshkent shahridagi “To‘lqin Akrom o‘g‘li” masjidi imom noibi Jamoliddin qori Qodirov joriy yil Ramazon oyida Rossiyaning Saxalin shahrida musulmonlarga taroveh namozini ado etib, ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazib berayotganini ma’lum qilgan edik.
Joriy yilning 11 iyun kuni o‘zbekistonlik qori Qadr kechasida Qur’oni karim xatmini nihoyasiga yetkazdi.
Vakilimiz Saxalinda bo‘lib o‘tgan Ramazon hayiti bayramiga taklif qilinib, tashakkurnoma bilan taqdirlandi.
Saxalinlik musulmonlar nomidan O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlariga minnatdorlik bildirilgan, bayram ko‘tarinki ruhda o‘tkazilgani ma’lum qilindi.
O‘MI Matbuot xizmati
Cavol: Dallollik kasbi joizmi? Agar joiz bo‘lsa, dallol ikki tomondan haq olsa bo‘ladimi?
Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Dallol gohida sotuvchi tarafidan, gohida oluvchi tarafidan, gohida esa ikkisi tarafidan ham vakil bo‘ladi. Agar dallol yolg‘on, firib, aldov qilmasdan faoliyat yuritsa, bu uchun haq olishi joiz hisoblanadi.
Dallolning haq olishi va uning qaysi tomondan bo‘lishi urf-odatga ko‘ra bo‘ladi. Urfda sotuvchi, yoki xaridor, yo har ikki tomon dallol haqqini beradigan bo‘lsa, shundan kelib chiqib ish faoliyatini yuritishi joiz hisoblanadi ("Durarul hukkam" kitobi). Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.