Madinadagi “Masjidun Nabaviy – Payg'ambarimiz masjidi” islom taqvimiga ko'ra bu yil 200 milliondan ortiq ziyoratchini qabul qildi.
Islom taqvimi bo'yicha yangi yil iyul' oyida boshlanadi va hozirda Saudiya Arabistoni rasmiylari 1444 yil yakunlarini sarhisob qilmoqda.
Hijriy 1444 sanasining muharram oyi boshidan buyon Payg'ambarimiz masjidini 200 milliondan ortiq kishi ziyorat qilgan, deb yozadi Islamnews matbuoti Arabnews ga tayanib.
Qirollik rasmiylarining 2022 yilda ilk bor marta ziyoratchilar sonini cheklashni to'xtatgani ziyoratchilar sonini sezilarli darajada oshishi turtki berdi. Bu ko'rsatkich yanada ko'payishi kutilmoqda.
2019 yilda Koronavirus pandemiyasi avj olishidan avval, 2,5 milliondan ortiq musulmon Haj ziyoratini ado etdi. Keyingi yillarda karantin cheklovlari tufayli Haj ziyoratlari cheklangan tarkibda o'tkazildi.
O'MI Matbuot xizmati
Bugun 2025 yil 8 yanvar kuni Toshkent shahar, Uchtepa tumani "Vatan" tantanalar majmuasida "Jaholatga qarshi ma’rifat" nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov, aholi vakillari, yoshlar va xotin-qizlar ishtirok etib, islom dini ezgulik, tinchlik va insoniylik dini ekani, fazilatlar, azaliy qadriyatlar ifodasi ekanligini targ‘ib qilish, yosh avlodga milliy qadriyatlarimiz, an’analarimizni to‘g‘ri tushuntirish, yurtimiz tinchligini asrash, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida fikrlar bildirildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati