Mohi Ramazon oyi boshlanganda qalblarda entikish, unga bo‘lga muhabbat kuchidan taqvoni kuchaytirish xohishi paydo bo‘ladi. Bunday ulug‘ kunlarda kunduzlari ro‘zador bo‘lish va kechasi ibodat bilan mashg‘ul bo‘lgan holda qoim bo‘lish uchun imkoniyat bo‘ladi.
Qator qiyinchiliklar bo‘lishiga qaramasdan falastinlik musulmonlar Laylatur Qadr kechasi ibodatda qoim bo‘lishni kanda qilmaydilar. Ular Al Aqsoga borishga erinmaydilar. Quddusdagi masjidda ibodatlardan fotosuratlar e’lon qilindi. Kechada 300 ming nafardan ortiq musulmonlar ishtirok etdilar.
O‘MI Matbuot xizmati
O‘tgan solihlardan qoida va meros bo‘lgan so‘z bor:
من رام العلم جملة ذهب عنه جملة
."Kimki ilmning hammasini birdaniga o‘rganishni istasa, ilmning hammasidan quruq qoladi"
Oz vaqtda ilmning hammasini o‘rganib olaman, deya xomtama bo‘lgan talaba, ilmning hammasidan bebahra qoladi. Hech narsaga erishmaydi.
Qur’oni karim Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga 23 yil davomida nozil bo‘lgan...
Imom Burhoniddin Marg‘inoniy rahimahulloh "Hidoya" asarini 13 yil mobaynida ro‘zador holda yozganlar...
Imom Buxoriy rahimahulloh "Sahihul Buxoriy"ni 16 yilda, tahorat olgan holda va ikki rakat nafl namoz o‘qib, yozganlar...
Ilm kitoblari harfma-harf va kalima-kalima izohlab o‘rganiladi. Igna bilan quduq qazishga sabr-toqat, oliy himmat, intizom va uzoq vaqt zarur. Shoshqaloqlik va puxtalik bir-biriga zid – hech qachon jamlanmaydi.
Muhtaram tolibi ilm! Ilmning boshi sabrdir: kitobga sabr qilasiz, ustozga sabr qilasiz, yashayotgan shahringizga sabr qilasiz, hamdarslaringizga sabr qilasiz va hokazo.
Ilm olish lazzatiga erishgach, sabr maqomidan rozilik va muhabbat maqomiga o‘tib olgach hayotingiz mazmuni kitob va ustozlar suhbatiga aylanadi.