Vashington axloq tuzatish departamenti federal sudi hibsxonalarda saqlanayotgan maxbuslarga RAmazon oyida ro‘za tutsalar, saharlik uchun taom tarqatilishi bo‘yicha qaror qabul qildi. Bu haqda "arabnews.com" nashri xabar berdi.
Amerika-Islom aloqalari kengashi ayrim hibsxonalarda saqlanayotgan mahbuslar Ramazon boshlanganidan buyon 9-10 kilogramm vazn yo‘qotganlar. Bunga esa saharlik va iftorlik qilish imkoniyatining mavjud emasligi sabab sifatida keltirilgan.
Sud qaroriga ko‘ra mahbuslargan ro‘za davomida 2600 kaloriyadan kam bo‘lmagan miqdordagi taomlar tarqatilishi belgilangan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, AQSHda Ramazon oyi juma kuni tugashi aytilgan.
O‘MI Matbuot xizmati
Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.
Dunyoga muhabbatni ketkazish va oxirat g‘amini qalbda paydo qilishning yo‘li bor. Yigirma to‘rt soat ichidan ozgina vaqt ajrating, kechayu kunduzlarimiz g‘aflatda o‘tayotganini o‘ylang, o‘limni unutganimizni o‘ylang, hali Alloh taoloning huzurida hozir bo‘lishdan, buyuk hisob-kitobdan, jazo va mukofotdan g‘aflatda qolganimizni o‘ylang.
Shu narsalar haqida o‘ylashga vaqt ajrating, bir kunmas bir kun o‘laman, keyin Alloh taoloning huzurida qanday qilib hisob beraman? So‘rovlariga nima deb javob qilaman? deb o‘ylang. Shu o‘ylar har doim qalbda tirik tursin.
Agar kishi har kuni shu narsalarni fikrlab tursa, bor-yo‘g‘i bir necha haftada, inshaAlloh, dunyoga muhabbat qalbidan chiqib ketadi. Alloh taolo O‘zining rahmatidan barchamizga bu aytilganlarga amal qilish tavfiqini ato etsin, omin.
«Nasihatlar guldastasi» kitobidan