O‘zbekiston musulmonlari idorasi o‘z tasarrufidagi oliy va o‘rta maxsus islom bilim yurtlariga 2018-2019 o‘quv yili uchun qabul e’lon qiladi.
O‘rta maxsus islom bilim yurtlariga 2018 yilning 15 iyunidan
5 iyuligacha abituriyentlardan hujjatlar qabul qilinadi.
Mazkur bilim yurtlariga “O‘rta maxsus islom ta’lim muassasalariga abituriyentlarni o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom talablariga muvofiq umumiy o‘rta ta’limni (11-sinf bazasida) tamomlaganlik to‘g‘risidagi shahodatnoma (attestat) yoki akademik litsey, kasb-hunar kolleji diplomiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari tanlov asosida qabul qilinadi.
Qabul kvotalari quyidagicha:
“Ko‘kaldosh” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi, Toshkent sh.,
(0371) 244-48-27;
Xoja Buxoriy o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi, Kitob shahri
(0375) 54-27-425;
Sayyid Muhyiddin maxdum o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi, Andijon sh., (+99895) 201-68-70, (0374) 228-00-91;
“Hidoya” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi, Namangan shahri
(0369) 226-60-60;
“Mir Arab” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi, Buxoro sh.,
(0365) 224-10-11;
Faxriddin ar-Roziy o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi, Urganch sh., (+99895) 606-92-55, (+99895) 602-92-57;
Muhammad al-Beruniy o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi,
Nukus sh., (0361) 229-03-26, 229-03-20;
Xadichai Kubro ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi, Toshkent sh., (0371) 299-24-11;
“Jo‘ybori Kalon” ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi, Buxoro sh., 221-77-44;
Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti va Mir Arab oliy madrasasiga 2018 yilning 15 iyunidan 10 iyuligacha abituriyentlardan hujjat qabul qilinadi.
Mazkur ta’lim muassasalariga “Oliy ta’lim muassasalariga abituriyentlarni o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom talablariga muvofiq O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi o‘rta maxsus islom bilim yurtini bitirganligi haqida diplomga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari tanlov asosida qabul qilinadi.
Qabul kvotalari quyidagicha:
Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti, Toshkent sh., (0371) 227-23-47;
Mir Arab oliy madrasasi, Buxoro viloyati, Kogon tumani
(+99895) 604-45-97;
Shuningdek, Toshkent islom institutining maxsus sirtqi bo‘limiga 2018 yilning 15 iyunidan 30 iyunigacha abituriyentlardan hujjat qabul qilinadi.
Maxsus sirtqi bo‘limga o‘rta maxsus islom bilim yurtlarini tamomlaganligi to‘g‘risidagi hujjatga (diplom) ega bo‘lgan, O‘zbekiston musulmonlari idorasi tizimida 5 yil ish stajiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari qabul qilinadi.
Maxsus sirtqi bo‘limning qabul kvotalari to‘g‘risidagi ma’lumot qo‘shimcha e’lon qilinadi.
O‘MI Matbuot xizmati
Bir odamning qorni ochdi. U garchi iqtisodiy ahvoli yaxshi bo‘lmasa-da, bir tamaddixonaga kirib, taom buyurtma qildi. Buyurtma tayyor bo‘lgunga qadar derazadan tashqariga qarab o‘tirarkan, ellik yoshlardagi odam tez-tez tamaddixonaga qarab qo‘yayotgani, kirishga jazm qilolmay turganiga ko‘zi tushdi. O‘tgan ketganlar unga e’tibor bermas, u esa aftidan juda och qolgan edi.
Shu payt buyurtma berilgan taom olib kelindi. U esa hech o‘ylanmasdan ovqatni olib, o‘zi och bo‘lsa-da, ko‘chadagi odamga olib chiqib berdi. So‘ng ortiga qaytib, hisobni berishlarini so‘radi. Holatni zimdan kuzatib turgan tamaddixona rahbari xizmatchiga bir qog‘oz berdi. Unda bunday so‘zlar yozilgan edi:
“Insoniylik bebahodir, sizday oliyjanob inson bizning tamaddixonaga kelganidan baxtiyormiz. Ruxsat bersangiz, siz bir miskinni mehmon qilganingiz kabi biz ham sizni mehmon qilsak”.
Xulosa shuki, Alloh taolo hech bir amalni zoye qilmas, bandasini bandasidan qarzdor holda qoldirmas, ehsonga ehson bilan javob qaytarar ekan.
Shunday ekan, imkonimiz borida boshqalarga yaxshilik qilib qolaylik.
Akbarshoh Rasulov