Sayt test holatida ishlamoqda!
07 May, 2025   |   9 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:42
Quyosh
05:13
Peshin
12:25
Asr
17:20
Shom
19:30
Xufton
20:55
Bismillah
07 May, 2025, 9 Zulqa`da, 1446

Ro‘zani tutish man qilingan kunlar

11.06.2018   56075   2 min.
Ro‘zani tutish man qilingan kunlar

Alloh taologa beadad hamdu sanolar bo‘lsinki, nihoyat oylarning sultoni, Qur’on oyi bo‘lmish muborak Ramazoni sharif o‘zining tarovati, saxovati va barakoti bilan tashrif buyurdi.

Alloh taolo Ramazon oyini boshqa oylardan afzal qildi. Uni ko‘plab fazilat va imtiyozlar bilan xosladi. Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Oylarning eng afzali Ramazon oyidir”, –dedilar». (Imom Tabaroniy rivoyati).

Bu oyda olam shodlikka to‘ladi, farishtalar yer yuziga tushadi, xayr-baraka, fazilat va barakalar yog‘iladi. Mo‘minlarning qalbida surur, ko‘zida quvonch balqiydi. Hamma bir-biri bilan shirinso‘z bo‘lib, mehr-muhabbat oshadi, savob to‘plash ilinji ortadi, ibodatga bo‘lgan ishtiyoq kuchayadi.

Fazilatda tengi yo‘q bu muborak oyda jannat eshiklari, rahmat eshiklari ochiladi. Do‘zax eshiklari yopiladi, shaytonlar kishanlanadi.

Ro‘za tutishi farz bo‘lgan barcha musulmonlar unga doir bilimlarga ega bo‘lishlari lozimdir. Ro‘zaning bir necha turi bo‘lib, ular orasida tutilishi harom bo‘lgan ro‘za ham mavjud. Bu turdagi ro‘zani hanafiy mazhabida “makruhi tahrimiy” ham deyiladi. Bular qo‘yidagilardan iborat.

  1. Ayol kishining erining iznisiz yoki roziligini bilmay turib nafl ro‘za tutishi.
  2. Shak kuni ro‘za tutish ya’ni Sha’bonning oxirgi kuni.
  3. Ro‘za hayiti kuni, Qurbon hayiti kuni va undan keyingi uch kunning ro‘zasini tutish.
  4. Hayzli va nifosli ayolning ro‘za tutishi.
  5. Ro‘za tutsa halok bo‘lishini bilib turib ro‘za tutgan odamning ro‘zasi.

Bunga dalil,  Abu Hurayradan rivoyat qilingan hadisda: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ikki kunning – Azho va Fitr kunining ro‘zasidan qaytardilar.”

 Shuningdek, Imom Ahmad va Imom Muslimdan rivoyat qilinadi, Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Tashriq kunlari yeb-ichish va Allohning zikri kunlaridir” dedilar.

Bundan ma’lum bo‘ladiki mazkur holat va kunlarda ro‘za rutish muqaddas dinimizda qaytarilgan ish bo‘lib, bu haqda ma’lumotga ega bo‘lish manfa’atdan xoli emas.

Parvardigori olam bu yilgi Ramazonda  ko‘plab xayr-barakalarni yog‘dirsin. Bu muborak oyning sharofatidan yurtimizga tinchlik-xotirjamlik, xalqimizga farovonlik, dasturxonimizga to‘kin-sochinlik ato aylasin.

Xadichai Kubro ayol-qizlar o‘rta maxsus

islom bilim yurti mudarrisasi

Shahlo Sayidova

Ramazon-2018
Boshqa maqolalar

Huquqiy savodxonlik soati

06.05.2025   1894   1 min.
Huquqiy savodxonlik soati

Bugun, O‘zbekiston musulmonlari idorasining Namangan viloyat vakilligida viloyat bosh imom-xatibi Musoxon domla Abbosiddinov rahbarliklarida viloyat Adliya boshqarmasi bilan hamkorlikda viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan masjidlar mutavallilari uchun yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda viloyat Adliya boshqarmasi mutaxassisi Z.Axmedxodjayeva, Yangi Namangan tumani kadastr bo‘limi boshlig‘i O.Usmanov, notarius A.Artiqovlar ishtirok etdilar. 

Unda notiqlar tomonidan mutavalli masjid imom-xatibining xo‘jalik ishlari bo‘yicha yordamchisi, masjidlarning iqtisodiy faoliyatini yaxshilash, xodimlarning oylik ish xaqi bilan ta’minlash,  qurilish-ta’mirlash ishlarini belgilangan tartib va me’yorlarga rioya qilgan holda amalga oshirish, masjid mulkini iqtisod qilish maqsadida geleokollektorlar o‘rnatish, mavjud qozonxonalarni xavfsiz hududlarga olib chiqish, ish yuritish nomenklaturasiga, ichki mehnat tartib qoidalariga va muomala madaniyatiga rioya qilish, masjidlarning tozalik va obodonlashtirish ishlariga mas’ul ekanini aytib o‘tildi.

Masjidlarning ta’sis xujjatlari, ish haqlarini me’yorlashtirish, yangi xodim ishga qabul qilinganda Adliya boshqarmasini onlayn xabardor qilish, masjidlardagi mavjud “tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobi”ni yuritish tartibi yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

Yig‘ilish davomida masjidlarning qo‘shimcha yer maydonlarini qonuniylashtirish, kadastr hujjatini rasmiylashtirish tartib-qoidalari va huquqiy oqibatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. 

Yig‘ilish davomida  qatnashchilar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga  mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar oldilar.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Namangan viloyati vakilligi Matbuot xizmati

Huquqiy savodxonlik soati Huquqiy savodxonlik soati Huquqiy savodxonlik soati Huquqiy savodxonlik soati Huquqiy savodxonlik soati Huquqiy savodxonlik soati Huquqiy savodxonlik soati Huquqiy savodxonlik soati Huquqiy savodxonlik soati