Alloh taologa beadad hamdu sanolar bo‘lsinki, nihoyat oylarning sultoni, Qur’on oyi bo‘lmish muborak Ramazoni sharif o‘zining tarovati, saxovati va barakoti bilan tashrif buyurdi.
Alloh taolo Ramazon oyini boshqa oylardan afzal qildi. Uni ko‘plab fazilat va imtiyozlar bilan xosladi. Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Oylarning eng afzali Ramazon oyidir”, –dedilar». (Imom Tabaroniy rivoyati).
Bu oyda olam shodlikka to‘ladi, farishtalar yer yuziga tushadi, xayr-baraka, fazilat va barakalar yog‘iladi. Mo‘minlarning qalbida surur, ko‘zida quvonch balqiydi. Hamma bir-biri bilan shirinso‘z bo‘lib, mehr-muhabbat oshadi, savob to‘plash ilinji ortadi, ibodatga bo‘lgan ishtiyoq kuchayadi.
Fazilatda tengi yo‘q bu muborak oyda jannat eshiklari, rahmat eshiklari ochiladi. Do‘zax eshiklari yopiladi, shaytonlar kishanlanadi.
Ro‘za tutishi farz bo‘lgan barcha musulmonlar unga doir bilimlarga ega bo‘lishlari lozimdir. Ro‘zaning bir necha turi bo‘lib, ular orasida tutilishi harom bo‘lgan ro‘za ham mavjud. Bu turdagi ro‘zani hanafiy mazhabida “makruhi tahrimiy” ham deyiladi. Bular qo‘yidagilardan iborat.
Bunga dalil, Abu Hurayradan rivoyat qilingan hadisda: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ikki kunning – Azho va Fitr kunining ro‘zasidan qaytardilar.”
Shuningdek, Imom Ahmad va Imom Muslimdan rivoyat qilinadi, Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Tashriq kunlari yeb-ichish va Allohning zikri kunlaridir” dedilar.
Bundan ma’lum bo‘ladiki mazkur holat va kunlarda ro‘za rutish muqaddas dinimizda qaytarilgan ish bo‘lib, bu haqda ma’lumotga ega bo‘lish manfa’atdan xoli emas.
Parvardigori olam bu yilgi Ramazonda ko‘plab xayr-barakalarni yog‘dirsin. Bu muborak oyning sharofatidan yurtimizga tinchlik-xotirjamlik, xalqimizga farovonlik, dasturxonimizga to‘kin-sochinlik ato aylasin.
Xadichai Kubro ayol-qizlar o‘rta maxsus
islom bilim yurti mudarrisasi
Shahlo Sayidova
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tomonidan e’lon qilingan "Huquqiy savodxonlik oyligi" doirasidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, maxsus kurslar va seminar-treninglar boshlandi.
Bulardan dastlabkisi 2025 yil 6 may kuni Mir Arab oliy madrasasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Maxsus kurs Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari D.Maxsudov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari M.Muhammadsidiqov, Mir Arab oliy madrasasi rektori J.Elov shuningdek, ustoz va talabalar ishtirokida bo‘lib o‘tdi.
So‘zga chiqqanlar tomonidan diniy-ma’rifiy sohada olib borilayotgan islohotlar, Konsepsiyaning ahamiyati, 2025 yil 21 apreldagi "Fuqarolarning vijdon erkinligi huquqi kafolatlarini yanada mustahkamlash hamda diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmoni bilan joriy etilgan yangi tizimlar haqida fikrlar bildirildi.