Germaniyaning Berlin shahrida joylashgan Islom san’ati muzeyi ko‘pchilik muxlislarning taklifiga ko‘ra o‘z eksponatlarini onlayn tarzda ko‘rish imkoniyatini berishni rejalashtirdi. Bu haqda "islamosfera.ru" sayti xabar berdi.
Pergamon muzeyi o‘zining 11 mingdan ortiq tarixiy ashyosini onlayn ko‘rish imkoniyatini yaratdi. Ushbu muzeyda Eron, Iordaniya, Turkiya, Suriya, Pokiston, Iroq va boshqa musulmon mamlakatlaridan keltirilgan eksponatlar saqlanadi.
Muzeydagi "Aleppo xonasi" deb nomlanuvchi eksponatla Suriya o‘tmishiga oid osori atiqalar saqlanmoqda.
Ma’lumot uchun, Berlindagi islom san’ati muzeyiga 1904 yilda fon Bode tomonidan asos solingan.
O‘MI Matbuot xizmati