O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9 iyun kuni Sindao shahrida o‘zi uchun ajratilgan qarorgohda Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh kotibining birinchi o‘rinbosari Amina Muhammadni qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Davlat rahbari keyingi ikki yilda O‘zbekiston va BMT hamkorligi faol tus olgani, amaliy natijalar bilan boyiganini ta’kidladi. BMTning nufuzli delegatsiyalari mamlakatda bo‘lgani, jumladan, Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissar boshqarmasi bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan amaliy chora-tadbirlar rejasi izchil amalga oshirilayotgani qayd etildi.
Amina Muhammad O‘zbekiston prezidentining BMT Bosh Assambleyaning 72-sessiyasidagi ishtirokini yodga oldi. Mamlakat tomonidan mintaqaviy hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlash, shuningdek, Afg‘onistonni qayta tiklashga ko‘maklashish bo‘yicha ko‘rilayotgan aniq chora-tadbirlarni yuqori baholadi. Toshkentda o‘tgan “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzusidagi xalqaro konferensiya bu masalaga jahon hamjamiyati e’tiborini tortgani qayd etildi.
Muloqotda avvalgi uchrashuvda erishilgan kelishuvlar ijrosining borishi bo‘yicha atroflicha fikr almashildi. Hamkorlikning istiqboldagi muhim yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev Xitoyga jo‘nab ketgani xabar qilingandi.
Muhyiddin ibn Arabiy aytadilar: “Kimning qanday hojati bo‘lsa, shom namozining farz va sunnatini o‘qib bo‘lganidan keyin o‘rnidan turmasdan Fotiha surasini 40 marta o‘qisin. Shundan keyin, Allohdan hojatini so‘rasin, albatta so‘ragan narsasini beradi. Biz buni tajriba qilib ko‘rdik va foydasini topdik. Fotiha surasini o‘qib bo‘lganidan so‘ng ushbu duoni o‘qiydi: “Allohim! Sening ilmingni o‘zi Sendan so‘ramaslikka kifoya. Fotiha surasining haqqi hurmatidan O‘zing so‘rovimga kifoya qil. Sening karamingni o‘zi Senga so‘zlamaslikka kifoya. Fotiha surasining haqqi hurmatidan so‘zimga kifoya qil va qalbimdagi tilagimni hosil qil”.
Homidjon domla ISHMATBЕKOV