Birlashgan Arab Arimliklarining Abu Dabi shahrida Ramazon oyida jamoat joylarida taom iste’mol qilganlik, suv ichganlik hamda chekkanlik uchun jarimaga tortiladi. Bu haqda "gulfnews.com" sayti xabar berdi.
Jarima miqdori ikki ming drham miqdorida ekani aytilgan. Bundan tashqari, jamoat joyda ovqatlanganlik uchun bir oygacha qamoqqa olish jazosi qo‘llanilishi mumkinligi aytilgan.
1987 yilda qabul qilingan BAA 3-sonli Federal qonunining 313-moddasiga binoan, kunduzgi vaqtda taom yeyish, tamaki chekish ta’qiqlangan. Ushbu qoida BAAdagi diniy e’tiqodidan qat’iy nazar barcha uchun amal qiladi.
O‘MI Matbuot xizmati
Bugun, 15 avgust kuni Chust tumanidagi “Said Nasimxon to‘ra” jome masjidida tadbirkorlarimiz homiyligida yaqinlashib kelayotgan yangi o‘quv yili munosabati bilan bolajonlarga maktab o‘quv qurollari va sumkalar hadya qilindi.
Xayriya tadbiri davomida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 34 yillik bayrami bilan ota-onalar va o‘quvchi yoshlar muborakbod etildi.
Tadbir so‘ngida yurtimiz ravnaqi va yoshlarimizning barkamol bo‘lib ulg‘ayishi uchun xayrli duolar qilindi.
Ravza.uz