O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi hamkorlik barcha sohalarda jadallik bilan rivojlanib bormoqda. Buni turli soha vakillaridan iborat bo‘lgan delegatsiyalarning almashinuvida ko‘rish mumkin.
Shu haftada Turkiya ulamolari delegatsiyasining Samarqand, Buxoro, Toshkentga tashrifi, diniy soha vakillari o‘rtasidagi uchrashuvlar buning yaqqol misolidir.
Muqaddas Ramazon oyi munosabati bilan, 6 iyun kuni Turkiya Respublikasining Toshkent shahridagi elchixonasida Turkiya elchisi tomonidan iftorlik tashkil etildi. Ushbu iftorlikda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari ham ishtirok etdilar.
Bu singari uchrashuvlar mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarning rivojiga katta hissa qo‘shadi.
O‘MI Matbuot xizmati