Uzoq vaqtlardan buyon kutilgan iftorlik tashkil etildi. Bu haqda "arabnews.com" nashri xabar berdi. AQSH prezidenti Donald Tramp Oq Uyda iftorlik tashkil etdi.
Ushbu iftorlik marosimiga Saudiya Arabistoni, BAA, Bahrayn, Quvayt, Liviya, Iroq, Marokash va Jazoir elchilari taklif etildi.
Saudiya Arabistoni, Indoneziya va Iordaniya elchilari bilan bir dasturxonda AQSH prezidenti ham joy oldi.
Prezident matbuot kotibi Sara Sanders avvalroq iftorlikda 40 nafar mehmon taklif etilganini ma’lum qilgan bo‘lsada, mehmonlar soni 50 nafarni tashkil etdi.
Prezident Tramp z so‘zida Imom Agbere va AQSH armiyasidagi musulmonlarga tashakkur izhor etgan.
O‘MI Matbuot xizmati
Toshkent islom institutida “Fevral – Qur’on qiroati va ilmlari fan oyligi” deb e’lon qilingan. Shu munosabat bilan Qur’on ilmlari kafedrasi tomonidan Oliy ma’had talabalari o‘rtasida “Qur’on musobaqasi – 2025” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.
Tadbirni Toshkent islom instituti rektori Uyg‘un domla G‘afurov ochib berdi va ishtirokchilarga muvaffaqiyat tiladi. So‘ngra “Qur’on ilmlari” kafedrasi mudiri, musobaqa hakamlar hay’ati raisi Jahongir qori Ne’matov musobaqa shartlari bilan tanishtirdi. Ishtirokchilarni “Qur’on ilmlari” kafedrasi o‘qituvchilari baholab borishdi.
Hakamlar hay’ati qo‘ygan ballar asosida chiqarilgan yakuniy xulosaga ko‘ra 1-o‘ringa 4-kurs talabalari Sayyidburxon Faziliddinov va Ubaydulloh Habibullayev loyiq ko‘rildi. 2-o‘rin 2-kurs talabasi Muhammad Aminxon Najmiddinovga, 3-o‘rin 3-kurs talabasi Saydullo Solijonovga nasib etdi.
Musobaqa g‘oliblariga Toshkent islom instituti tomonidan qimmatbaho hadya va diplomlar topshirildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati