Turkiyaning yahudiy jamoasi turli diniy konfessiyalar o‘rtasidagi o‘zaro hurmatni namoyish etish maqsadida minglab musulmonlar uchun iftorlik tashkil etgani ma’lum qilindi.
"Anadolu" agentligining xabariga ko‘ra, Turkiyaning Edirna shahrida mingdan ortiq musulmon ishtirok etgan iftorlik tashkil etilgan. Bu singari iftorlik bu yil to‘rtinchi marta tashkil etilayotgani va yildan yilga ko‘pchilikning diqqat-e’tiboriga sazovor bo‘layotgani aytilgan.
O‘MI Matbuot xizmati
Bugun, 16 may kuni Samarqand viloyati bosh imom-xatibi Ahmadxon domla Alimov Tayloq tumanidagi “O‘rta” masjidga bordi. Domla juma namozidan oldin “Kamtarga kamol, manmanga zavol” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy ma’ruza qildi.
Ma’ruzada insonning ichki kamolotga erishishida kamtarlikning naqadar muhim ekani, manmanlik va kibr kabi xulqlarning inson va jamiyat uchun keltirishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlari haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, Islom axloq-odobining oliy qoidalari, nafsni tarbiyalash, jamiyatda o‘zaro hurmat va insofni qaror toptirish kabi mavzular keng yoritildi.
Juma namozini o‘qish asnosida yurt tinchligi, el-yurt farovonligini so‘rab duo qildilar.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati