Baxtsiz voqea tufayli cherkovsiz qolgan texaslik nasroniylar Viktoriya shahar Islom markazining qavmi ruxsati bilan yakshanba kunlari o‘z ibodatlarini masjidda ado etish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Bu haqda "ansar.ru" saytiga tayanib "info.islom" xabar berdi.
"Binodan xohlagancha foydalanishingiz mumkin. Ketayotganda chiroqni o‘chirib ketsangiz bo‘ldi", deb aytgan masjid xodimi Abu Ajramiy.
O‘MI Matbuot xizmati
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Jannat ko‘chatlarini ko‘paytiringlar. Uning suvi totli, tuprog‘i pokizadir", dedilar. "Yo Rasululloh, uning ko‘chatlari nima?" deyishdi. U zot alayhissalom: "Laa havla va laa quvvata illa billah", dedilar (Imom Tabaroniy rivoyati).