Qur’on musobaqasi g‘oliblari Umraga jo‘nab ketdi
O‘zbekiston Qur’on musobaqasining Respublika bosqichi g‘oliblari Umra ziyoratiga ota-onalari va hamrohlari bilan birgalikda borish imkoniyatini qo‘lga kiritganlari haqida ma’lum qilgan edik.
Bugun, 6 iyun kuni, muqaddas Ramazon oyining 21-kunida erta tongdan Toshkent xalqaro aeroportida Umra ziyoratiga otlangan bir guruh vatandoshlarimizni kuzatish marosimi o‘tkazildi. Ushbu marosim Muslim.uz portali xodimlari tomonidan onlayn namoyish etildi va ko‘plab yurtdoshlarimizning qo‘llab-quvvatlashiga sabab bo‘ldi.
O‘MI Matbuot xizmati
Ramazon – iymon va ixlos oyi, ilm va ma’rifat oyi. Shu muborak kunlarda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari, ustoz Zayniddin domla Samarqand shahridagi "Xo‘ja Is'hoqi Valiy" jome masjidida bo‘ldilar. Ularga viloyat bosh imom-xatibi Ahmadxon domla hamrohlik qildilar.
Taroveh namozi oldi ustoz Zayniddin domla jamoatga "Mazhab – ummat birligining asosi" mavzusida mav’iza qilib, ulamolar yo‘lidan og‘ishmaslik, mazhabga ergashish Islom ummatining birligi va barqarorligi uchun naqadar muhim ekanini ta’kidladilar. Shuningdek, mazhabsizlik kishini bid’at va gumrohlikka boshlashi haqida ogohlantirib, haq yo‘ldan yurishning ahamiyatini tushuntirdilar.
Manfaatli suhbatdan so‘ng jamoat bilan birgalikda taroveh namozi ado etilib, xayrli duolar qilindi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati