Ramazondan samarali foyda olish uchun nima qilish kerak?
01.06.2018
53869
1 min.
- Qur’oni karimni ko‘p o‘qish. O‘qiganda ham oyatlarning mazmunini tushunishga urinib, ularda ifoda etilgan masalalar yuzasidan keng tafakkur yuritib o‘qish.
- Nafl namozlarini ko‘proq o‘qishni odat qilish.
- “Men kimman?” “Qayerdan keldim va qayoqqa ketyapman?” “Alloh taolo mendan nima istaydi va Uning qoshidagi burchlarim nimalardan iborat?” degan savollar ustida ko‘p fikr yuritish
- O‘tmishdagi yaxshi-yomon amallarni tarozi pallasiga qo‘yish, shuningdek, hozirgi holatga ham boqib kelajak haqida o‘ylash.
- Har tunda yo‘l qo‘ygan xatolar uchun astoydil tavba qilib, shu tunni umrning so‘nggi tuni sifatida tasavvur qilish.
- Imkon qadar ko‘proq zikr qilish.
- Nimadir sabab bo‘lib biror mo‘minni ranjitib qo‘ygan bo‘lsa, undan darhol kechirim so‘rab yarashib olish.
- Janjallashib qolganlarni yarashtirish va g‘amga botganlarga dalda berish.
- Muhtojlarga sadaqa berish, yetimlar va bemorlarning holidan xabar olish, ularga yaxshi munosabatda bo‘lib moddiy-ma’naviy yordam ko‘rsatish.
- Tug‘ishganlar va yaqinlarning holidan xabar olib, ularga yordam berish.
- Namozlarni jamoat bilan o‘qish
- O‘tganlarni xotirlab, ularning yotgan joylarini ziyorat qilish.
Damin JUMAQUL tayyorladi.
MА`LUMOTNI IJTIMOIY TАRMOQLАRDА ULАSHING