Moskvaning “Spartak” futbol klubi hujumchisi Keyta Balde Senegaldagi masjid qurilishi uchun 70 ming Yevro xayriya qildi, deya xabar bermoqda “Match TV” mahalliy “Taggat” gazetasiga tayanib.
Ushbu masjid futbolchi tug'ilib o'stgan qishloqda 26 may kuni mo'minlar uchun o'z eshigini ochdi.
Futbolchi bundan ikki yil avval ham masjid qurilishi uchun katta miqdorda ehson qilgan edi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati
Joriy yilning 6 may kuni Mir Arab o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida navbatdagi ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi.
Unda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari D.Maxsudov tomonidan muassasa o‘qituvchilari, xodimlari hamda talabalariga "Fuqarolarning vijdon erkinligini ta’milash va diniy sohadagi davlat siyosati Konsepsiyasi"ning mazmun-mohiyatini ifoda etuvchi maxsus kurs mashg‘uloti o‘tib berildi.
Tadbir davomida Konsepsiyada mustahkamlangan vijdon erkinligi tamoyillari, diniy e’tiqod erkinligini ta’minlashga qaratilgan qonunchilik asoslari va fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirish masalalari keng yoritildi. Diniy-ma’rifiy sohadagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari, amalga oshirilayotgan islohotlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Manba: Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Axborot xizmati