Sayt test holatida ishlamoqda!
08 Avgust, 2025   |   14 Safar, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:55
Quyosh
05:25
Peshin
12:34
Asr
17:27
Shom
19:36
Xufton
20:59
Bismillah
08 Avgust, 2025, 14 Safar, 1447

Muftiy hazratlari Jazoir elchisini qabul qildilar

05.06.2023   608   2 min.
Muftiy hazratlari Jazoir elchisini qabul qildilar

Bugun, 5 iyun' kuni O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla hazratlari Jazoir respublikasining O'zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Bumedian Gennadni qabul qildilar.

Muftiy hazratlari Elchi janoblarini tashrifi bilan qutlab, Jazoir ham davlatchilik shakliga ko'ra mamlakatimizga yaqinligi, mazkur davlatning diniy sohadagi tajribasini o'rganish nihoyatda ahamiyatli ekani, shu bois O'zbekiston musulmonlari idorasining Jazoirdagi rasmiy diniy tashkilotlar bilan o'zaro aloqasini o'rnatish, ikki tomonlama manfaatli yo'nalishlarda hamkorlik qilishdan mamnun bo'lishini birdirdilar.

O'z so'zlari davomida Muftiy hazratlari keyingi yillarda yurtimizda barcha yo'nalishlar qatori diniy-ma'rifiy sohada ham katta ijobiy o'zgarishlar bo'layotgani, jumladan, ziyoratchilarimizni umraga cheklanmagan hisobda yuborish yo'lga qo'yilgani, haj safari kvotasi ham yildan-yilga oshirib borilayotgani, fuqarolarga Qur'oni karim va tajvidni o'rgatish ishlari tizimli yo'lga qo'yilgani, diniy ta'lim muassasalarida fan dasturlarini sifat va mazmun jihatdan takomillashtirish borasida rejali ishlar qilinayotganini alohida qayd etdilar.

O'z navbatida Elchi Bumedian Gennad ham ko'rsatilgan ehtirom va samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, o'zaro manfaatli aloqalarni rivojlantirishga bor kuch-g'ayrati, bilimi va tajribasini qaratishga tayyor ekanlarini izhor etdilar.

Shuningdek, Elchi janoblari Jazoirdagi diniy-ma'rifiy soha haqida ma'lumot berish bilan birga, ikki davlat diniy soha xodimlari mazkur yo'nalishda, xususan, diniy ta'lim, imomlar malakasini oshirish, ilmiy tadqiqotlar bo'yicha hamkorlik qilish imkoniyatlari mavjudligini alohida ta'kidladi.

Uchrashuv yakunida Elchi janoblariga O'zbekiston musulmonlari idorasining estalik sovg'asi taqdim etildi.

O'zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Hamdardlik bildiramiz

07.08.2025   4397   1 min.
Hamdardlik bildiramiz

O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi “Shamsuddinxon Boboxonov” nashriyot matbaa ijod uyi bosh direktori Sultonbek Imomnazarovning bobolari Imomnazar otaning vafoti munosabati bilan u kishining yaqinlariga chuqur ta’ziya bildiradi.


Oxirat safariga kuzatilgan otaxon el koriga yaraydigan, dinu diyonat yo‘lida xizmat qiladigan farzand va nevaralarni o‘stirdilar, chiroyli tarbiya qildilar.


Alloh taolo marhum otaxonning barcha solih amallarini o‘zlariga hamroh aylab, O‘z mag‘firatiga olsin. Haq taolo marhum otaxonning yaqinlari, farzandu arjumandlariga chiroyli sabr berib, bu musibatlariga ajru mukofotlar ato etsin.


O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi, ulamolari, imom-domlalari va o‘qituvchi-mudarrislari nomidan Sultonbek Imomnazarovga, u kishining oila a’zolari, yor-birodarlari, yaqinlariga hamdardlik bildiramiz.


Innaa lillaahi va innaa ilayhi roji’uun.

«Musibat yetganda «Albatta, biz Allohnikimiz va albatta, biz Unga qaytuvchimiz», degan sabrlilarga xushxabar bering». 
 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

O'zbekiston yangiliklari