Savollarga O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay’ati javob beradi.
Savol: Assalomu alaykum. Tungi soat 12dan keyin saharlik qilib keyin niyat qilib uxlasa bo‘ladimi
Javob: Va alaykum assalom! Ha, joiz. Lekin saharlikni bomdod vaqti kirishiga taqab yopish sunnat amallardan hisoblanadi.
Savol: Assalomu alaykum! Ro‘zador odam yo‘lda naushnikda musiqa eshitsa tutgan ro‘zasi ochilib ketmaydimi. Javob uchun oldindan rahmat.
Javob: Va alaykum assalom! Tutgan ro‘zasi qabul yoki qabul emasligini Alloh taolo biladi. Lekin ro‘za paytida nafaqat noshar’iy ishlar, hatto muboh ishlardan ham saqlanish tavsiya qilinadi. Shundan xulosa chiqarib oling.
Savol: Assalomu alaykum hurmatli ustozlar! Saharlik va iftor vaqtida o‘qiladigan duolar o‘rniga o‘zingdan duo keltirsa bo‘ladimi yo faqat shu kalimalarni aytish joizmi? Javob uchun oldindan rahmat
Javob: Va alaykum assalom! Ha, mazkur paytlarda xohlagan duolarni qilishingiz mumkin.
Bismillahir Rohmanir Rohiym
“Ey Abu Hurayra, faroiz (meros) ilmini o‘rganinglar va odamlarga o‘rgatinglar. Chunki u ilmning yarmidir. U eng birinchi unutiladigan ilmdir. Ummatim orasidan eng birinchi ko‘tariladigan ilm ham shudir”.
Saidjamol domla MASAYITOV,
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi ulamosi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati